Foto: Toshkent metrosida ona-bola xonasi va hojatxona ishga tushirildi
23 fevraldan Chilonzor metro bekatida ona-bola xonasi va hojatxona ishga tushirildi. Undan bepul foydalanuvchilar toifalari belgilandi, Yoshlar ittifoqi yetakchilari ham hojatxonadan bepul foydalanishi mumkin bo‘ladi.
Ona-bola xonasi va hojatxona «Chilonzor» metro bekatining Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti tomonidan kiriladigan qismida joylashgan.
Hojatxona ayollar va erkaklar uchun alohida bo‘lib, ayollar hojatxonasi ichkarisida ona-bola xonasi, ya’ni 1 yoshgacha bo‘lgan go‘daklarni yo‘rgaklash xonasi tashkil etilgan.
Ona-bola xonasi va hojatxona «Underground service» MChJ tomonidan «Toshkent metropoliteni» DUK bilan hamkorlikda qurilgan bo‘lib, undan foydalanish haqi 1,5 ming so‘m etib belgilangan.
Quyidagi toifaga kiruvchi yo‘lovchilar esa hojatxonadan bepul foydalanishlari mumkin:
- Ikkinchi Jahon urushi qatnashchilari;
- Nogironligi mavjud fuqarolar;
- Chernobil falokati ishtirokchilari;
- Huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlari va Yoshlar ittifoqi yetakchilari;
- 7 yoshgacha bo‘lgan bolalar.
«Toshkent metropoliteni» DUK matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, ona-bola xonasi hamda hojatxona sinov tariqasida qurilgan bo‘lib, natija kutilganidek bo‘lsa, yo‘lovchilar oqimi ko‘p bo‘lgan yana 14 ta metro bekatida ham barpo etilishi rejalashtirilgan.
Tavsiya etamiz
Chigirtkalar bosqini: Bu ham iqlim bilan bog‘liq muammomi?
O‘zbekiston | 15:49 / 14.05.2025
«Eng kambag‘al prezident» Xose Muxika vafot etdi
Jahon | 08:03 / 14.05.2025
Toshkentda yo‘l o‘rtasidagi birinchi tezyurar yo‘lak qurilishi boshlanadi
O‘zbekiston | 19:08 / 13.05.2025
1 iyundan O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasida 30 kunlik vizasiz rejim kuchga kiradi
O‘zbekiston | 17:29 / 13.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Xolokostdan omon qolgan 97 yoshli keksa ayol universitet talabasiga aylandi
Jahon | 01:16
-
Istanbuldagi muzokaralar 16 mayga ko‘chirildi. Zelenskiy Ukraina delegatsiyasi tarkibini tasdiqladi
Jahon | 00:53
-
9 mln dollarni talon-toroj qilishda ayblangan O‘zbekiston fuqarosi Rossiyada qo‘lga olindi
O‘zbekiston | 23:58 / 15.05.2025
-
Rossiya Quruqlikdagi qo‘shinlari qo‘mondoni lavozimdan olindi
Jahon | 23:46 / 15.05.2025
Mavzuga oid

17:34 / 25.01.2022
Toshkent metrosi bekatlari orasida qolib ketgan 415 yo‘lovchi olib chiqildi

14:30 / 02.01.2022
Toshkent metrosi uchun yana 14 ta poyezd xarid qilinadi

23:11 / 15.11.2021