Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Foto: Zelenskiy Ukrainaning YeIga a’zo bo‘lishi uchun arizani imzoladi
Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy mamlakatning Yevropa Ittifoqiga qo‘shilishi haqidagi arizani imzoladi.
«Bugun Yevropa Ittifoqiga a’zo bo‘lish uchun arizani imzoladim. Bu haqiqat ekaniga ishonchim komil», deya yozdi prezident.

Ariza Yevropa Kengashi, Yevroparlament rahbarlari hamda Yevropa Ittifoqiga raislik qilayotgan Fransiya prezidenti Emmanuel Makron nomiga yo‘llangan.
Avvalroq Zelenskiy o‘z murojaatida Ukraina hukumati Yevropa Ittifoqidan «yangi maxsus tartib» asosida mamlakatni «zudlik bilan» tarkibiga qabul qilishni so‘rayotgani haqida gapirgandi.
Shuningdek, Yevrokomissiya rahbari Ursula fon der Lyayen o‘z intervyusida Ukraina Yevropa Ittifoqining bir qismi bo‘lishi kerakligini bildirgandi. Biroq u mamlakatni zudlik bilan ittifoqqa qabul qilish tarafdori emasligini aytgan.
Mavzuga oid
17:15 / 04.07.2026
Zelenskiy Putinni Konstantinovka bo‘yicha yolg‘on bayonot berishda aybladi
20:57 / 02.07.2026
Zalujniy Zelenskiyga saylovda qatnashmoqchiligini aytdi
09:35 / 29.06.2026
Zelenskiy: Ukraina o‘z qahramonlarini o‘zi tanlaydi
08:50 / 26.06.2026