Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Aliment to‘lovlarini kafolatli ta’minlash bo‘yicha yangi tizim joriy etiladi
Endi alimentdan qarzdorlikni davlat to‘lab beradi, keyinroq MIB qarzni budjetga undiradi. Bu haqda Shavkat Mirziyoyev yig‘ilishda ma’lum qildi.
Xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash masalasiga bag‘ishlangan yig‘ilishda yana bir muhim va o‘ta dolzarb masalaga e’tibor qaratildi.
Yig‘ilishda ma’lum qilinishicha, bugungi kunda 290 mingdan ziyod otalarga farzandlari uchun aliment to‘lash yuklangan. Lekin ularning 172 ming nafari o‘z farzandi oldidagi majburiyatini bajarishdan bosh tortib kelmoqda.
«Oqibatda aliment bo‘yicha qarzdorlik 115 milliard so‘mdan oshib ketgan. Har bir viloyat hokimi o‘z raqamlarini biladi.
Shu bois 2021 yili Xalq qabulxonalariga aliment bilan bog‘liq 70 mingga yaqin murojaat kelib tushgan.
Bu borada Majburiy ijro byurosining faoliyati qoniqarsiz.
Endi aliment to‘lovlarini kafolatli ta’minlash bo‘yicha yangi tizim joriy qilinadi», dedi Shavkat Mirziyoyev.
2022 yil 1 iyuldan Majburiy ijro byurosida «Aliment to‘lovlari» jamg‘armasi tashkil etiladi va unga dastlab 50 milliard so‘m yo‘naltiriladi.
Mazkur mablag‘lar uch oy ichida undirish imkoni bo‘lmagan alimentlarni to‘lashga ajratiladi va keyinchalik byuro tomonidan undirib olinadi.
Mavzuga oid
12:30 / 25.06.2026
Yirik loyihalarda mahalliy qurilish materiallari ulushi oshiriladi
11:45 / 25.06.2026
Prezident: Har bir investitsiya kelishuvi loyiha va yangi ish o‘rniga aylanishi shart
18:42 / 05.06.2026
Navoiyda alimentdan qarzdor ota tandir ichidan topildi
20:26 / 10.05.2026