Haydovchilik guvohnomasi yo‘qotib qo‘yilsa, dublikatini olishda qayta imtihon topshiriladimi?
«Haydovchilik guvohnomasi yo‘qotilsa, guvohnomaning dublikati qayta imtihon topshirib olinadimi?» degan savol so‘nggi kunlarda keng muhokamalarga sabab bo‘lmoqda.

Haydovchilik guvohnomasi yo‘qotib qo‘yilsa, guvohnomani tiklash uchun qayta imtihon topshirish talabi mantiqsiz tuyulsa ham, qonunchilikda aslida shunday talab mavjudligiga guvoh bo‘lish mumkin.
Xususan, Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 31 maydagi 408-son qarorida yo‘qolgan milliy haydovchilik guvohnomasining dublikati nazariy va amaliy imtihonlar topshirilganidan so‘ng berilishi nazarda tutilgan.
Shuningdek, qarorga ko‘ra, o‘g‘irlangan, yong‘in, tabiiy ofat oqibatida va boshqa shu kabi sabablarga ko‘ra yo‘qolgan hamda daxldor vakolatli idoralarning hujjatlari bilan tasdiqlangan holatlarda qayta imtihon topshirish talab etilmaydi.
Bundan shunday xulosa kelib chiqadiki, haydovchilik guvohnomasining uzrli sabablarsiz yo‘qotilishi haydovchilik guvohnomasini olishdagi nazariy va amaliy imtihonlarni qaytadan topshirishga sabab bo‘ladi.
Qizig‘i, ushbu qoida 2018 yilgacha ham mavjud bo‘lgan. Vazirlar Mahkamasining 2018 yilgacha amalda bo‘lgan 1998 yil 19 oktyabrdagi 445-son qarorida ham «Yo‘qolib qolgan haydovchilik guvohnomasining «dublikati» «Yo‘llarda harakatlanish qoidalari» bo‘yicha nazariy imtihon topshirgandan so‘ng berilishi, tabiiy ofatlar: yong‘in, suv toshqini va shu kabi boshqa sabablarga ko‘ra yo‘qolgan hamda tegishli hujjatlar bilan tasdiqlangan hollar bundan mustasno ekanligi» belgilangan.
Bunday mantiqsiz talab qonunchilikka qanday maqsadni ko‘zlab kiritilgani bizga qorong‘i. Ammo bunday qoidaning saqlanib qolishi korrupsiya uchun yo‘l ochishi tayin. Ya’ni haydovchilik guvohnomasini yo‘qotib qo‘ygan haydovchi imtihonni qayta topshirishdan qochib, buning «uzrli sabab deb topilishi» uchun tegishli tashkilotlar bilan korrupsion munosabatlarga kirishishga harakat qilishi mumkin. Masalan, haydovchi guvohnoma «hamyonga qo‘shilib yo‘qolgani»ni tasdiqlatish uchun ichki ishlar xodimiga pora taklif qilishi mumkin.
Bu esa chuqur o‘ylamasdan qabul qilingan qoida natijasida fuqarolarni jinoyat sodir etishga undaydi.
Shuningdek, mazkur talab bugunga kelib o‘z ahamiyatini yo‘qotganini ham qayd etish lozim. Ya’ni 2022 yil 1 martdan boshlab yonida biometrik pasporti yoki ID-kartasi bilan yurgan haydovchidan guvohnoma talab qilinmasligi, haydovchilik guvohnomasining mavjudligi YHXX xodimining plansheti orqali bazadan tekshirilishi belgilandi. Kechadan kuchga kirgan ushbu qoida yo‘qolgan haydovchilik guvohnomasining dublikatini olishga ehtiyoj qoldirmaydi va endilikda haydovchilar yonida shaxsini tasdiqlovchi hujjati bilan ham avtomobil boshqarishi mumkin.
Ushbu holat ham imtihonlarni qayta topshirish talabini qonunchilikdan chiqarib tashlashga asos bo‘lishi kerak.
Tavsiya etamiz
O‘qituvchilarni ovoz yig‘ishga majburlagan maktab direktori ishdan olindi
O‘zbekiston | 11:20 / 14.03.2025
Putin AQSh va Ukrainaning 30 kunlik otashkesim taklifiga rozi bo‘ldi
Jahon | 23:00 / 13.03.2025
“Xitoy bilan oramiz buzilishini istovchi davlatlar bor” – tarmoqdagi dolzarb mavzu haqida suhbat
O‘zbekiston | 15:17 / 13.03.2025
«Credit House» ishi: Minglab odamlar uysiz va pulsiz qolyapti
O‘zbekiston | 12:30 / 13.03.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Panamaning yarmi elektr energiya va ichimlik suv ta’minotisiz qoldi
Jahon | 20:50
-
Sud Trampga XVIII asrdagi qonun yordamida migrantlarni deportatsiya qilishni taqiqladi
Jahon | 20:33
-
Hindistonda kamyob sherlar ikki haftada uch kishining o‘limiga sababchi bo‘ldi
Jahon | 20:10
-
Suriyada alaviylar qirg‘ini: yangi hukumat buni hal qilishga va’da bermoqda, ammo savollar ochiq qolmoqda
Jahon | 19:47
Mavzuga oid

16:42 / 25.02.2025
Haydovchilik guvohnomasidan mahrum qilinganlar profilaktik hisobga olinadi

11:26 / 12.02.2025
Haydovchilik guvohnomasi uchun kerak bo‘ladigan tibbiy ma’lumotnoma qanday olinadi?

18:37 / 20.01.2025
Rossiyada yashash uchun ruxsatnoma olganlarning haydovchilik guvohnomalari 1 yil amal qiladi

17:45 / 13.01.2025