Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tadbirkorga 1 milliard so‘m imtiyozli kredit olib berishni va’da qilgan mutaxassis ushlandi
Quva tumanida “Mikrokreditbank” ATBning mutaxassisi 30 million so‘m evaziga tijorat banklaridan 1 milliard so‘m imtiyozli kredit olib berishni va’da qilib, oldindan 1 500 AQSh dollari olgan vaqtda ushlangan. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Departament xabar berdi.
Qayd etilishicha, Bosh prokuratura huzuridagi Departament hamda DXXning Quva tumani bo‘limlari tomonidan tadbirkorlik sub’yektlarining huquqlarini himoya qilish yuzasidan tezkor tadbir o‘tkazilgan.
Tadbir davomida“Mikrokreditbank” ATBning Farg‘ona viloyati mintaqaviy filiali yetakchi mutaxassisi A.S. “Z.S.” MChJ rahbari B.ning ishonchiga kirib, unga tanishlari yordamida 30 million so‘m evaziga Farg‘ona shahridagi tijorat banklaridan 1 milliard so‘m imtiyozli kredit olib berishni va’da qilib, oldindan 1 500 AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Avvalroq, Buxoroda tadbirkorga bankdan 400 ming dollar kredit olishda yordam berishni va’da qilgan Savdo-sanoat palatasi xodimi ushlangani haqida xabar berilgan edi.
Mavzuga oid
23:02 / 03.07.2026
“O‘lganning ustiga tepgan”: Qashqadaryoda o‘nlab fuqaroning kreditga olingan mashinalari g‘oyib bo‘ldi
18:20 / 23.06.2026
Qirg‘iziston va O‘zbekiston qishloqlarini almashdi
08:45 / 23.06.2026
Farg‘ona va Xorazmda narkotik moddalar qo‘lga olindi
13:12 / 18.06.2026