Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Namangandagi xonadonda yong‘in yuz berdi
Namangan viloyati FVB axborot xizmatining xabar berishicha, 3 mart kuni soat 15-40 da Namangan shahar “Obi hayot” mahalla fuqarolar yig‘ini hududidagi xonadonlardan birida yong‘in sodir bo‘lgan.
Yong‘in natijasida yashash uyining shift va tom qismidan 45 kv.m joy, uy-ro‘zg‘or buyumlari hamda uy egasiga tegishli hujjatlar yonib zararlangan. Sodir bo‘lgan yong‘inda kuyish, tan jarohati olish va halok bo‘lish holatlari kuzatilmagan.
Yong‘in qutqaruvchilari tomonidan xonadonning 60 kv.metr joyi saqlab qolingan. Sodir bo‘lgan yong‘in soat 15:45 da to‘liq bartaraf etilgan.
Hozirda yong‘in yuzasidan tergovga qadar surishtiruv ishlari olib borilmoqda.