Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Andijonda kuchli shamol ko‘p qavatli uyning tom qismini uchirib yubordi
Andijon viloyatida kuzatilgan kuchli shamol oqibatida qurilishi tugallanmagan ko‘p qavatli uyning tom qismi uchib ketgan. Hodisa oqibatida jarohat olganlar yo‘q.
Viloyat FVB axborot xizmatining kun.uz‘ga ma’lum qilishicha, Andijon shahar «Yorboshi» MFY Nayman ko‘chasida joylashgan 4 qavatli binoning tom qismi butunlay qulab tushgan.
Hodisa oqibatida fuqarolarning halok bo‘lishi va tan jarohat olishi kuzatilmagan. Voqea joyiga Andijon viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi qutqaruv otryadi jalb etilgan.
Shuningdek, holat bo‘yicha Andijon viloyati FVB va 1050 qisqa raqamiga xabar kelib tushmagan.
Avvalroq, Qashqadaryoda kuchli shamol tomlarni uchirishi oqibatida bir necha kishi jarohatlanganligi xabar qilingan edi.
Mavzuga oid
14:04 / 11.06.2026
Toshkent–Andijon va Toshkent–Termiz yo‘nalishlarida yuqori tezlikdagi poyezdlar qatnovi reja qilinmoqda
13:28 / 11.06.2026
Andijondagi poliklinikada fojia: 4 kishi vafot etdi
22:12 / 06.06.2026
Andijonda voyaga yetmagan qiz bilan jinsiy aloqa qilgan IIB xodimi qamoqqa olindi
12:31 / 02.06.2026