Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Samarqand viloyatida bir nechta tuman va shahar IIBga yangi boshliqlar tayinlandi
Narpay, Samarqand, Oqdaryo tumanlari hamda Samarqand shahar IIBlariga yangi rahbarlar tayinlangan. Bu haqda viloyat IIb axborot xizmati xabar bermoqda.
2022 yil 9 mart kuni Samarqand viloyati IIB boshlig‘i polkovnik Rahmat Mamatov viloyatdagi jinoyat va huquqbuzarliklarning ahvoli, shaxsiy tarkib o‘rtasidagi xizmat intizomi hamda qonunchilikka rioya qilish masalalariga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazgan.
Yig‘ilishda viloyatdagi bir nechta tumanlar va Samarqand shahar IIBga tayinlangan yangi boshliqlar tanishtirilgan.
Jumladan, ichki ishlar vazirining tegishli buyrug‘i bilan:
- Bahodir Rahmatov Narpay tuman IIB boshlig‘i;
- Anvarjon Rahmatov Samarqand tumani IIB boshlig‘i;
- Abror Valiyev Oqdaryo tumani IIB boshlig‘i;
- Ismatjon Ibragimov Samarqand shahar bo‘yicha IIO FMB boshlig‘i lavozimiga tayinlangan.
Yig‘ilishda shuningdek, hududdagi kriminogen vaziyat, xodimlar tomonidan xizmatda yo‘l qo‘yilayotgan kamchiliklar tanqidiy muhokama qilinib, amalga oshirilishi lozim bo‘lgan vazifalar belgilangan.
Mavzuga oid
09:00 / 22.06.2026
Samarqandda 2 kilogrammdan ortiq «gashish» sotmoqchi bo‘lgan shaxslar ushlandi
23:04 / 13.06.2026
Samarqandda Rossiyada ishlashni rejalashtirayotgan fuqarolar uchun test markazi ochiladi
10:50 / 12.06.2026
Samarqandning olis tumanlariga investitsiyalar jalb etiladi
17:46 / 10.06.2026