O‘zbekiston | 16:59 / 10.03.2022
10951
9 daqiqa o‘qiladi

“BAZIS-T” qurilish kompaniyasi Toshkentda yangi “Ko’h Ota” turar joy majmuasi qurilishini boshladi

Foto: BAZIS-T

“BAZIS-T” kompaniyasidan yangi “Ko’h Ota” turar-joy majmuasi: qulaylik, xavfsizlik va hashamat

“BAZIS-T” qurilish kompaniyasi Toshkentda yangi “Ko’h Ota” turar-joy majmuasi loyihasining taqdimotini o‘tkazdi. Ko‘h Otaning asosiy xususiyatlariga zamonaviy qurilish texnologiyasi, konseptual me’morchilik, puxta o‘ylangan obodonlashtirish tizimi va yashash maydonining kengligi kiradi.

Foto: BAZIS-T

“Ko’h Ota” turar-joy majmuasi shaharning tarixiy qismi sanalmish Nurafshon ko‘chasida, Ko‘h Ota masjidining yonida joylashgan.

“Ko’h Ota” bu – shahar tarixiy qismining yorqin timsoli, durdonasi va oilaviy yashashi uchun qulay joydir! Yangi turar-joy majmuasi shaharning bu qismiga o‘ziga xos muhit olib keladi va shu bilan birga, bu yerdagi asrlar davomida shakllangan tarixiy an’analarni ehtiyotkorlik bilan saqlaydi.

Foto: BAZIS-T

“Ko’h Ota”ning qulay joylashuvi tufayli, bu yerda poytaxt ruhini his qilib yashash va doimo voqealar markazida bo‘lish mumkin. Turar-joy majmuasi yaqinida Riviera savdo markazi, Korzinka va Makro supermarketlari, milliy choyxonalar hamda mashhur restoranlar, sog‘lomlashtirish markazlari va fitnes klublari joylashgan. Daryo bo‘yi, xiyobonlar va Navro‘z bog‘i bir qadamli masofada joylashgan. Bir necha yuz metr radiusda bolalar bog‘chalari, maktablar, litseylar va universitetlar joylashgan.

Foto: BAZIS-T

Turar-joy majmuasi balandligi 9 va 12 qavatli uylardan iborat. Ko‘h Ota neoklassik me’morchiligining nafisligi va sharqona naqshlar bilan bezatilgan binolarning tashqi va ichki elementlari, o‘ziga xos betakror obrazni yaratadi. Tog‘lar va shaharning go‘zal ko‘rinishdagi manzaralarini katta burchakli terrasalar, grafik rasmlar tushirilgan panjarali ochiq balkonlar, panjarali ekranlar turar joy majmuasining me’morchiligiga o‘zgacha ritm bag‘ishlaydi.

“Ko’h Ota”  majmuasidagi uylarning birinchi qavatida joylashgan savdo galereyasi, nafis me’moriy konsepsiyani namoyon etadi. Bu yerda mini-marketlar, qahvaxonalar, go‘zallik salonlari va boshqa infratuzilma obektlari joylashgan bo‘lib, yashashni imkon qadar qulaylashtiradi! Sizga kerakli bo‘lgan hamma narsa shundoqqina yonginangizda.

“BAZIS-T” kompaniyasi “Ko’h Ota”  turar joy majmuasini qurishda majmua aholisining xavfsizligi va qulayligiga katta e’tibor qaratdi. Bu yerda istiqomat qiluvchi yosh oilalar hayotdan zavqlanishi, keksa avlod esa mehr, e’tibor va g‘amxo‘rlikni his qilishi, bolalar esa butunlay xavfsiz ekanligiga ishonch hosil qilib yashashlari mumkin!

“Ko’h Ota”ning hududi to‘liq o‘rab olingan. Majmua va yerosti avtoturargohiga kiraverishda shlagbaumlar o‘rnatilgan. Binolarga kirishda – domofonlar o‘rnatilgan. Yerosti avtoturargohidan zamonaviy tezkor liftlar, majmua aholisini kerakli qavatga olib chiqish uchun xizmat qiladi. “Ko’h Ota”  majmuasining xollarida nogironlar aravachalari uchun yo‘laklar, yer osti to‘xtash joylarida esa, buyumlarni saqlash uchun omborxonalar mavjud.

Turar joy majmuasiga xususiy servis kompaniyasi xizmat ko‘rsatadi.

Mehmonlarni kutib olish uchun mo‘ljallangan katta hovli yangi turar-joy majmuasining alohida faxri hisoblanadi. U yerda sersoya daraxtlar, butalar, xiyobon bo‘ylab esa, manzarali floristik kompozitsiyalar mavjud. Bularning barchasi qo‘shimcha soya va toza havo manbaini yaratadi. Tetiklantiruvchi favvora va o‘ziga xos amfiteatr, zamonaviy o‘yin maydonchalari va sport maydonchalari, shinam shiyponli xiyobonlar faqat majmua aholisi uchun xizmat qiladi. Turar-joy majmuasida “car-free” – “avtomashinalarsiz hovli” tushunchasi amal qilishi ko‘zda tutilgan.

Uylar o‘z egalarini shinamlik va mehmondo‘stlik muhiti bilan qurshab olib, keng xonalari bilan kutib oladi. Xonalarning mualliflik dizaynida tabiiy pardozlash ashyolari qo‘llanilgan. Pol qoplamasining geometrik naqshlari, sharqona ko‘rinishga ega nafis dekorativ panellar, “Ko’h Ota”  uylarining tashqi ko‘rinishida ishlatilgan panjara ekranlariga uyg‘unlashib ketgan. Puxta o‘ylangan ko‘p qirrali yoritish tizimi, e’tiborni uylarning ichki qismi elementlariga qaratadi.

“Ko’h Ota”da turli loyihalashtirish yechimlari va xonalarni tashkil etish imkoniyati mavjud. Turar-joy majmuasi 41 dan 114 kvadrat metrgacha bo‘lgan 1, 2, 3 va 4 xonali xonadonlardan iborat. 3 metr balandlikdagi shiftlar va katta derazalar cheksiz kenglik hissini yarata oladi.

“Ko’h Ota” - siti house turar-joy majmuasining eksklyuziv taklifi – birinchi qavatdagi xonadonlar, ular xususiy tashqi hudud va toza havo bilan to‘ldirilgan. Ular go‘yoki shahar tashqarisidagi uyning osuda hayot g‘oyasini o‘zida mujassam etgandek, shu bilan birga - shahar qulayligiga ega bo‘lgan xonadonlardir.

Foto: BAZIS-T

“Ko’h Ota” turar-joy majmuasi – UYINGIZGA XUSh KeLIBSIZ!

Kompaniya haqida:

“BAZIS-T” kompaniyasi Qozog‘istonning yirik qurilish holdingi - BAZIS-A’ning rasmiy vakillik bo‘limi hisoblanadi. 2021 yilda BAZIS -A 30 yoshga to‘ldi. O‘tgan yillar davomida kompaniya tomonidan turli maqsadlar uchun 15,5 million m2 binolar – turar-joy va ma’muriy majmualar, ishlab chiqarish va ijtimoiy soha obektlari, yo‘llar va chorrahalar, madaniyat va savdo-ko‘ngilochar markazlar barpo etildi.

Kompaniyada 8,5 ming ishchi faoliyat yuritadi.

BAZIS-A’ning Qozog‘istondan tashqari Rossiya va Kanadada ham o‘z vakillik bo‘limlari mavjud.

Kompaniyaning O‘zbekistondagi vakillik bo‘limi “BAZIS-T”- 2017 yilda ochilgan. O‘zbekistondagi ilk BAZIS-T loyihalaridan biri, bu eng yirik sanoat korxonasi – yangi Toshkent metallurgiya kombinati va ma’muriy-maishiy majmuasi (TMZ) binosining qurilishi bo‘ldi. Zamonaviy qurilish texnologiyalaridan foydalanilganligi sababli, zavod 2017 yildan 2019 yilgacha bo‘lgan vaqt mobaynida qurilgan.

2021 yilda esa “BAZIS-T”kompaniyasi, Toshkentning tarixiy qismida joylashgan Ko‘h Ota masjidining yonida, “Ko’h Ota” yangi turar joy majmuasining qurilishini boshladi.

Ma’lumot:

BAZIS-A qurilish holdingi o‘zining xususiy loyiha institutiga ega bo‘lgan kam sonli qurilish tashkilotlaridan biridir. Bu kompaniyaga nafaqat turli maqsadlar uchun chiroyli zamonaviy binolarni qurish, balki Rixter shkalasi bo‘yicha 7-8-9 va undan yuqori ballgacha bo‘lgan, haqiqiy zilzila holatidagi kabi tebranishlarni takrorlovchi vibrator yordamida seysmik faollik uchun inshootlarning bardoshliligini aniqlovchi vibrodinamik sinovlarini o‘tkazish imkoniyati ham mavjud.

Bunday tajribalar, Qozog‘iston seysmobardoshli qurilish ilmiy-tadqiqot instituti bilan hamkorlikda o‘tkaziladi.

BAZIS-A’ning ilmiy yondashuvi Olmaota va Toshkent kabi seysmik xavfli bo‘lgan hududlarda, zilzilaga chidamli qurilishlar bo‘yicha yetakchi bo‘lish imkonini berdi.

BAZIS-A MDH mamlakatlari orasida bunday seysmik sinovlarni amalga oshiruvchi yagona qurilish kompaniyasi hisoblanadi. Bu kompaniyaning bino va inshootlarni qurishga ilmiy yondashuvini ilgari suradi va uning ishonchliligini isbotlaydi.

“Ko’h Ota” turar-joy majmuasida, uy-joylarni qurish jarayonida BAZIS-A kompaniyasining O‘zbekistondagi rasmiy vakili BAZIS-T kompaniyasi ham zilzilaga bardoshli inshootlar qurilishi bo‘yicha tajribasini o‘zida mujassam etgan. “Ko’h Ota” turar-joy majmuasi uylari mustahkam, ishonchli va har qanday tabiiy ofatlarga bardosh bera oladi.

BAZIS-A har yili qurilish sohasida yetakchi maqomini tasdiqlaydi va Qozog‘istondagi nufuzli milliy mukofoti yil tanlovining g‘olibi hisoblanadi.

Qurilish bozoridagi 30 yillik faoliyati davomida BAZIS-A kompaniyasi bir qator yirik xalqaro mukofotlarga sazovor bo‘lgan.

Telefon: (+998) 78-777-2777.

Manzil: ul. Nurafshon, 62.

Sayt: kohota.bazis-t.uz 

Instagram: @kohota.uz

Reklama huquqi asosida

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish