O‘zbek paxtasiga qo‘yilgan global boykot olib tashlandi
Cotton Campaign xalqaro koalitsiyasi o‘zbek paxtasini boykot qilish to‘xtatilganini ma’lum qildi.

Foto: KUN.UZ
Bugun, 10 mart kuni Odam savdosiga va majburiy mehnatga qarshi kurashish milliy komissiyasi vakillari, Cotton Sampaign xalqaro koalitsiyasi delegatsiyasi a’zolari ishtirokida O‘zbekiston paxtachilik sohasida yaratilgan mehnat sharoitlariga bag‘ishlangan press-brifing bo‘lib o‘tdi.
Press-brifingda Cotton Campaign xalqaro koalitsiyasi rahbari Bennet Friman rahbarligidagi delegatsiya a’zolari so‘zga chiqib, o‘zbek paxtasini boykot qilish tugatilganini ma’lum qildi.
Cotton Campaign rasmiylariga ko‘ra, O‘zbekiston paxta yig‘im-terimida majburiy va bolalar mehnatini chekladi, yangi islohotlarni amalga oshirmoqda.
O‘zbek paxtasidan boykotning olib tashlanishi esa birinchi navbatda tekstil sanoatida dunyodagi yetakchi korxonalarning O‘zbekiston bozoriga kirib kelishiga imkon yaratadi. Bu bilan paxta sanoatida ko‘plab ish o‘rinlari yaratilib, aholi bandligi oshiriladi.
Oliy Majlis Senati raisi, Odam savdosiga va majburiy mehnatga qarshi kurashish Milliy komissiyasi raisi Tanzila Norboyeva majburiy va bolalar mehnatini cheklash uchun amalga oshirilgan asosiy yo‘nalishlarni qayd etdi:
- qonunchilik va tashkiliy-huquqiy bazani mustahkamlash;
- xalqaro standartlarni implementatsiya qilish;
- qishloq xo‘jaligini isloh qilish;
- institutsional bazani rivojlantirish;
- tizimli monitoring va tadqiqotlar olib borish;
- fuqarolik jamiyati va ixtisoslashgan xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlikni faollashtirish.
Cotton Campaign xalqaro koalitsiyasi 2010 yilda O‘zbekiston paxtasini boykot qilish bo‘yicha kampaniya boshlagandi.
Koalitsiya 2018 yilda islohotlar “yo‘l xaritasi”ni ishlab chiqqan va O‘zbekiston hukumatiga taqdim etgan.
Press-brifing tafsilotlari tez orada Kun.uz’da batafsil beriladi.
Tavsiya etamiz
Hindiston va Pokiston: kimning armiyasi kuchliroq?
Jahon | 19:21 / 09.05.2025
Mafkuralar kurashi: 9 may aslida qanday kun?
O‘zbekiston | 14:22 / 09.05.2025
Qatiq, murabbo va yadro quroli. Putin yangi filmda nimalar dedi?
Jahon | 21:59 / 06.05.2025
Avtomobil importiga ekosertifikat – utilizatsiyaga qo‘shimcha “bonus”mi?
O‘zbekiston | 20:34 / 06.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Kashmirda sulh e’lon qilinganidan keyin portlashlar sodir bo‘ldi
Jahon | 23:37 / 10.05.2025
-
AQShda ona va o‘g‘il bir vaqtda universitetni tamomladi
Jahon | 23:18 / 10.05.2025
-
Ukraina muzokaraga tayyorligini aytdi, Rossiya o‘ylab ko‘rishini ma’lum qildi
Jahon | 22:28 / 10.05.2025
-
Bekobod shahrida Damas piyodani bosib ketdi
Jamiyat | 22:20 / 10.05.2025
Mavzuga oid

17:04 / 01.05.2025
AQSh O‘zbekiston paxta sanoatini moliyalashtirganini eshitgan Ilon Mask kulib yubordi

22:00 / 25.03.2025
AQSh Mehnat vazirligi 38 million dollarlik xorijiy yordamni to‘xtatdi

20:13 / 14.02.2025
Fermerlar minimal narxda shartnoma tuzishga majburlanyapti. Sohadagi islohot qarshilikka uchramoqda

20:34 / 20.01.2025