O‘zbekiston | 09:35 / 14.03.2022
1451
1 daqiqa o‘qiladi

Bo‘zatovning sobiq hokimi qo‘mita raisi bo‘ldi

Foto: Kun.uz

Bo‘zatov tumanining sobiq hokimi Mahmud Qaypanov Qoraqalpog‘iston Respublikasi veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qo‘mitasiga rahbar etib tayinlandi. Bu haqda Vazirlar Kengashi axborot xizmati xabar berdi.

Mahmud Qaypanov tayinlovga qadar 2019 yildan buyon Bo‘zatov tumani hokimi lavozimida faoliyat olib borayotgandi.

U boshqa ishga o‘tishi munosabati bilan joriy yilning 7 mart kuni tumanga Kamal Allaniyazov hokim etib tayinlangandi.

Eslatib o‘tamiz, bundan oldin Qoraqalpog‘istonda ichki ishlar vaziri va Mo‘ynoq tumani hokimi o‘zgargandi.