Rossiya bug‘doy va boshqa donli ekinlar eksportini taqiqlashi mumkin
Ma’lumotlarga ko‘ra, jahondagi bug‘doy eksportining 30 foizi, makkajo‘xori eksportining 20 foizi va kungaboqarning 76 foizi Ukraina va Rossiya hissasiga to‘g‘ri keladi.
Rossiya qishloq xo‘jaligi va savdo-sanoat vazirliklari 15 martdan 30 iyungacha Rossiyadan bug‘doy, javdar, arpa va makkajo‘xori eksport qilishni taqiqlashni taklif qilmoqda. “Interfaks”ning yozishicha, hukumat bu borada tegishli qaror loyihasini tayyorlamoqda.
Agentlikning yozishicha, Rossiya 2021 yil 1 iyuldan 2022 yil 10 martgacha 28,1 mln tonna don mahsulotlarini eksport qilgan.
Avvalroq BMTning Jahon oziq-ovqat dasturi vakili Tomson Piri Ukrainadagi vaziyat va jahonda oziq-ovqat narxlarining ko‘tarilishi sababli global ocharchilik xavfi oshayotganini aytgandi.
Pirining so‘zlariga ko‘ra, jahondagi bug‘doy eksportining 30 foizi, makkajo‘xori eksportining 20 foizi va kungaboqarning 76 foizi Ukraina va Rossiya hissasiga to‘g‘ri keladi.
Mavzuga oid
16:15
Putin Rossiyaning yangilangan yadroviy doktrinasini tasdiqladi
15:42 / 14.11.2024
Rossiyadan Venesuelagacha: tabiiy boyliklar bo‘yicha eng boy davlatlar
21:00 / 07.10.2024
Ramzon Qodirov migratsiya siyosatida «o‘rta asr yondashuvlaridan» voz kechishga chaqirdi
20:07 / 07.10.2024