O‘zbekiston xalq artisti To‘ti Yusupova vafot etdi

Foto: Instagram / @milliyteatr
O‘zbekiston xalq artisti To‘ti Yusupova 86 yoshida vafot etdi. Bu haqda O‘zbek Milliy Akademik drama teatri xabar qildi.
«Ustoz san’atkor, o‘zbek teatr va kino san’atining yirik namoyandasi, o‘zbekning atoqli va ardoqli ijodkori, o‘z ijodiy uslubiga ega aktrisa, yurtning duogo‘y onaxoni, samimiy va kamtarin inson, O‘zbekiston xalq artisti To‘tixon Yusupova tabarruk 86 yoshda bandalikni bajo keltirdi.
Allohning irodasi ekan, To‘tixon onamizning ortidan qoluvchilarga O‘zi chiroyli sabr bersin. Rahmatlining oila a’zolariga, barcha yaqinlariga ta’ziya bildiramiz. Alloh marhumaning manzil-makonini shoistai jannat qilib, oxirat saodatiga yetkazsin», deyiladi xabarda.
Ma’lumot uchun, To‘ti Yusupova 1936 yilning 10 mart kuni Samarqand viloyatida tavallud topgan. Toshkent teatr va rassomlik institutini tamomlagan. 1957 yildan o‘zbek milliy akademik drama teatrida faoliyat yuritgan. Teatr sahnasida Hafiza (Abdulla Qahhor, «Shohi so‘zana»), Sonya (A.Chexov, «Vanya tog‘a»), Qorasoch (Uyg‘un, «Shubha»), Hojar (A.Qahhor, «Tobutdan tovush»), Nuri (Oybek, «Qutlug‘ qon»), Ona (E’ Robles, «O‘limdan kuchli»), Xonzoda (Hamza, «Boy ila xizmatchi»), Shafaq (M. Karim, «Oy tutilgan tunda»), Rahima (O‘. Umarbekov, «Komissiya»), Sotti (S.Ahmad, «Kelinlar qo‘zg‘oloni»), Fotima, Zebi (O‘.Umarbekov, «Shoshma quyosh», «Qiyomat qarz»), Nodira (T.To‘la, «Nodira»), Mastura (Hamza, «Paranji sirlari») kabi turli qahramonlar obrazini yaratdi. Shuningdek, aktrisa kinoda samarali faoliyat yuritgan.
To‘ti Yusupova 1994 yilda O‘zbekiston xalq artisti unvonini olgan, 2020 yilda «Mehnat shuhrati» ordeni bilan taqdirlangan.
2015 yilda va 2021 yil yozida ham aktrisaning vafoti haqida xabarlar tarqalgan, keyin bu xabarlar tasdiqlanmagandi. Keyinroq madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov To‘ti Yusupovaning holidan xabar olish uchun uning xonadoniga borgandi.
2019 yil mayida uning turmush o‘rtog‘i, aktyor va dublyaj rejissyori Mirg‘iyos Soatov 82 yoshida vafot etgandi.
Tavsiya etamiz
Qatiq, murabbo va yadro quroli. Putin yangi filmda nimalar dedi?
Jahon | 21:59 / 06.05.2025
Avtomobil importiga ekosertifikat – utilizatsiyaga qo‘shimcha “bonus”mi?
O‘zbekiston | 20:34 / 06.05.2025
Isroil Suriyani bombaladi. Turkiya nega sukutda?
Jahon | 12:44 / 06.05.2025
May oyida vodiyda me’yorga yaqin harorat kutiladi, mamlakatning katta qismida oy xuddi iyun kabi o‘tadi
O‘zbekiston | 11:17 / 06.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Vens: Rossiya muzokaralarda juda ko‘p narsa so‘ramoqda
Jahon | 12:46
-
Saida Mirziyoyeva barchani Xotira va qadrlash kuni hamda Ikkinchi jahon urushida qozonilgan g‘alabaning 80 yilligi bilan tabrikladi
O‘zbekiston | 12:43
-
Tramp Kiyevning 30 kunlik sulh g‘oyasini qo‘llab-quvvatladi
Jahon | 12:41
-
Bolalar saratoni bo‘yicha akademik xab tashkil qilinadi
O‘zbekiston | 12:12
Mavzuga oid

21:44 / 09.05.2022
O‘zbek onasi siymosida qalblarda qolgan ayol – To‘ti Yusupovani xotirlab

12:18 / 21.03.2022
“Mirkamolim yolg‘iz qolgan, meni uning yoniga qo‘yinglar!” – To‘ti Yusupovaning so‘nggi vasiyati

09:26 / 27.06.2021