Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Uy-joy mulkdorlari shirkati 1,6 mlrd so‘m mablag‘ni talon-toroj qilgan
Aniqlangan qonunbuzarliklar qurilish-ta’mirlash ishlar hajmiga qo‘shib yozish, kredit mablag‘larini bemaqsad ishlatish, majburiy badaldan tushgan mablag‘larni talon-toroj qilish bilan bog‘liq.
Aholining murojaatlariga asosan, Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi huzuridagi Uy-joy fondi inspeksiyasi tomonidan qator uy-joy mulkdorlari shirkati faoliyati o‘rganilgan. Natijada, 20 ta uy-joy mulkdorlari shirkati tomonidan 37 ta holatda 1,6 mlrd so‘m mablag‘ maqsadsiz sarflangani yoki talon-toroj qilinganligi aniqlandi. Bu haqda uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi xabar qilmoqda.
Qonunbuzilish holatlari eng ko‘p kuzatilgan yo‘nalishlar:
- 8 ta holatda qurilish-ta’mirlash ishlar hajmiga 451,8 mln so‘m qo‘shib yozilgan;
- 5 ta holatda 508,2 mln so‘m kredit mablag‘i maqsadsiz sarflangan yoki talon-toroj qilingan;
- 16 ta holatda mulkdorlardan yig‘ilgan 313,2 mln so‘m majburiy badal mablag‘i maqsadsiz ishlatilgan yoki talon-toroj qilingan;
- 8 ta holatda 351,9 mln so‘mga teng boshqa huquqbuzarlik va kamchiliklarga yo‘l qo‘yilgan.
Rasmiy xabarga ko‘ra, holat yuzasidan tegishli hujjatlar rasmiylashtirilib, huquqni muhofaza qilish organlariga taqdim etilgan.
Mavzuga oid
08:45 / 24.06.2026
Talon-toroj va firibgarlik uchun shartli ozodlikka chiqish tartibi o‘zgardi
11:36 / 23.06.2026
4-5 qavatli uylar ham renovatsiyaga tushishi mumkin – Adliya vazirligi vakili bilan suhbat
08:47 / 19.06.2026
May oyida Toshkent uy-joy bozorida qanday o‘zgarishlar bo‘ldi?
11:00 / 17.06.2026