Ta’limda nostandart yondaşuvlar ğoyasiga sodiq qolgan holda Al Beruniy International School (ABIS) koinot ilmini maktabdan taşqariga çiqmay öqitiş vazifasini kreativ uslubda yeçiş yölini topdi. Uşbu maqsadda maktab hududida dunyodagi birinçi koinot muhitiga öxşaş maxsus şart-şaroitlar hosil qilinadigan laboratoriya taşkil etilib, ABIS öquvçilari fazoviy-ilmiy tadqiqotlarda qatnaşişi uçun imkoniyat yaratilayapti.

Mazkur öquv-ilmiy loyihani röyobga çiqarişga Al Beruniy International School bosqiçma-bosqiç va tizimli tayyorgarlik kördi. Bir yil avval maktab Özbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi qoşidagi fizika-texnika ilmiy tadqiqot instituti bilan hamkorlik memorandumini tuzib, uşbu dargoh olim va mutaxassislari tavsiyalar asosida, zamonaviy muhandislik fani yeçimlariga tayangan holda, elektr energiyasi ta’minoti borasida va boşqa texnologik masalalarda qizil sayyoradagi tabiiy muhitni maksimal darajada takrorlovçi şaroitga ega laboratoriyani bunyod etişga kirişdi.

Keyingi davrda uşbu öquv yili davomida öquvçilarni bölajak ilmiy izlanişlarga tayyorlaş uçun “Marsda omon qoliş” mavzusida maxsus STEM seminarlar ötkazildi. Tugab borayotgan mazkur öquv çoragining avvalida maktabga öz şaxsiy tajribalari, fazoviy-ilmiy izlanişlari, bolalik orzulari va ularga erişişda yuzaga kelgan tösiqlarni qanday yengib ötganligi yuzasidan öquvçilar bilan davra suhbati ötkaziş uçun ayni damda koinotni tadqiq etişda ança nomdor bölgan ikki mutaxassis taklif etildi.

Maktabga taşrif buyurgan mehmonlar koinot tadqiqotçisi va muhandis, "Mars 160", "Sirius-19", "MARS ONE" xalqaro loyihalari a’zosi Anastasiya Stepanova hamda koinot ilmi tarğibotçisi va taşabbuskori, ilmiy-ommabop yozuvçi edi. Uçraşuvda mehmonlar hozirga qadar erişgan yutuqlari haqida sözlab berdilar, Anastasiya Marsda yakkalaniş bilan boğliq tajribalardagi iştirok töğrisida, Vitaliy kosmonavtika va ilğor texnologiyalarni rivojlantirişning dolzarbligini yoşlarga tuşuntirdilar.

Şunday qilib, ABIS jamoasi öz hamkorlari va soha mutaxassislari bilan birgalikda amalga oşirgan işlari samarasi ölaroq tez orada maktab öquvçilari biologiya, ximiya, fizika, astronomiya fanlari böyiça öz nazariy bilimlarini “koinot şaroiti” da amaliy sinaş imkoniyatiga ega böladilar. Zero, ABIS uçun koinot sir-sinoat emas, balki Olam mavjudligining fundamental asoslari bilan boğliq savollarga maktab ta’limi kesimida javob izlaş platformasidir.