Respublika ta’lim markazi rahbari yangi darslikka tadbirkor Murod Nazarov haqida ma’lumot qo‘shilganiga izoh berdi
7-sinf rus va qardosh tilli sinflar uchun chiqarilgan “O‘zbek tili” darsligiga tadbirkor Murod Nazarov haqida matn kiritilgani ijtimoiy tarmoqlarda muhokamalarga sabab bo‘lmoqda. Kun.uz muxbiri Respublika ta’lim markazi direktori Shuhrat Sattorov bilan bog‘lanib, holat yuzasidan izoh so‘radi.
Markaz rahbariga ko‘ra, zamonaviy ta’lim metodlari bo‘yicha darsliklarga shu zamonning turli sohalarida mehnat qilayotgan taniqli shaxslar kiritilishi ta’lim ta’sirchanligini oshirishda muhim hisoblanadi.
“Bu – yangi metod. Siz ta’lim tizimi rivojlangan dunyo davlatlaridagi darsliklarni ko‘rsangiz, ayni shu uslubdan foydalanilayotganini ko‘rasiz.
Biz ham ta’limni hozirgi zamon bilan bog‘lash va ta’sirchanligini oshirish uchun darsliklarimizga bugungi islohotlarda faol olimlar, sportchilar, san’atkorlar, hunarmandlar, tadbirkor yoki boshqa soha vakillarini kiritib boryapmiz. Bu yoshlarga shu soha vakillarini namuna qilib ko‘rsatish, o‘quvchilarga kelgusidagi maqsadlarini aniqlab olish, kasb tanlash va motivatsiya uchun ham muhim.
Masalan, darslikda xayriya ishlariga ko‘p mablag‘ ajratadigan yoki kasal bolalarga yordam beradigan mashhur kishi namuna qilinsa, bu orqali o‘quvchilarga yaxshilik mavzusi ochib berilishi mumkin. Biz shu maqsadda tarbiya darsligida taniqli tadbirkor Alisher Usmonov faoliyati haqida ham ma’lumot kiritganmiz.
Yoki Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf hazratlarining qalamiga mansub «Ibratli hayot yo‘llari», «Umrini ilmga bag‘ishlagan zot» «Kitobga oshnolikning mukofoti» kabi mavzularda jamlangan ma’lumotlar shu kitobda aks ettirildi.
Bu darslikni ko‘rganlar unda turli sohada mehnat qilayotgan yana o‘nlab taniqli shaxslarni ham ko‘rishi mumkin. Masalan, grafik dizayner Jamshid Xoliqulov, tadbirkor Akmal Fayziyev, futbol hakami Ravshan Ermatov, olima Aziza Shonazarova, tadbirkor Botir Orifjonov, navoiyshunos olima Suyuma G‘aniva, o‘quv markazi asoschisi Jahongir Po‘latov, iqtisodchi Raufxon Salaxo‘jayev, ichki ishlar xodimi, xizmat vaqtida jon bergan marhum Azizxon Tursunov, fermer Lola Murodova, shaxmatchilar Javohir Sindorov, Nodirbek Abdusattorov yoki Braziliya va Tokioda o‘tgan olimpiada o‘yinlari g‘oliblari. Xo‘sh, buning nimasi yomon? Ular bugungi yoshlarga namuna ekani aniq-ku. Qachongacha yoshlarga namuna qilib ko‘rsatishda faqat bir necha o‘n asr avval yashagan ota bobolarimizni ko‘rsatamiz? Bugungi zamonamiz qahramonlari haqida qachon gapiramiz?
Muammo shundaki, bu yangi metod va uni hamma ham oson qabul qilolmayapti”, – dedi markaz rahbari.
Uning qo‘shimcha qilishicha, yangi darsliklar bugun ko‘plab o‘qituvchi va o‘quvchilarga ma’qul kelmoqda. “Bu orqali yangi metodimiz o‘zini oqladi, deyish mumkin”, – dedi Shuhrat Sattorov.
Tavsiya etamiz
O‘zbekistonda keyingi hafta jazirama issiq bo‘ladi
O‘zbekiston | 15:46 / 13.06.2025
G‘arb Isroil Eronga zarba berishidan xavotirda. Bu haqda nimalar ma’lum va oqibatlar qanday bo‘lishi mumkin?
Jahon | 21:01 / 12.06.2025
Qizaloqqa qarshi armiya: Greta Tunberg G‘azoga yetib borolmadi
Jahon | 17:45 / 11.06.2025
So‘m 2 haftada 2 foizga mustahkamlandi. Qanday qilib?
Iqtisodiyot | 18:57 / 10.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Parkentda 3 bola suvga cho‘kib halok bo‘ldi
Jamiyat | 20:35
-
AQSh Rossiya nefti narxining yuqori chegarasini pasaytirishga qarshi – OAV
Jahon | 20:19
-
Isroilning hujumlari – Erondagi hokimiyatning mavjudligiga tahdidmi?
Jahon | 19:45
-
«ChatGPTʼdan diniy savollarga javob olish joiz emas» – O‘zbekiston musulmonlari idorasi
O‘zbekiston | 19:23
Mavzuga oid

15:16 / 12.12.2024
2025 yilda darsliklar ijarasi uchun to‘lov olinmaydi

18:42 / 30.10.2024
Maktab darsliklari ijarasi uchun to‘lov tiklanishi mumkin

14:50 / 23.10.2024
Misrda ingliz tilidagi ilk O‘zbek tili grammatikasi darsligi yaratildi

11:54 / 29.09.2024