UMS va ikki bank xususiylashtiriladi - prezident qarori
18 mart kuni «Iqtisodiyotda davlat ishtirokini yanada qisqartirish va xususiylashtirishni jadallashtirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida» prezident qarori qabul qilindi.

Foto: Prezident matbuot xizmati
Hujjatda ko‘rsatilishicha, Davlat aktivlarini boshqarish agentligi tomonidan Moliya vazirligi ishtirokida 60 ga yaqin vazirlik, idora va 2 mingdan ortiq davlat ishtirokidagi korxonalarning 12 mingdan ortiq ulushlari va ko‘chmas mulk obektlari yalpi xatlovdan o‘tkazilgan.
Hujjatga ko‘ra, Davlat aktivlarini boshqarish agentligi, Moliya vazirligi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi:
- 2022 yil 1 mayga qadar Universal Mobile Systems MChJni baholash va sotish jarayoniga xalqaro konsalting, auditorlik va investitsiya maslahatchisi, investitsiya banki yoki boshqa ixtisoslashgan kompaniyani jalb etgan holda 2023 yil 1 aprelga qadar uni xususiylashtirish choralarini ko‘radi;
- ikki hafta muddatda «O‘zdonmahsulot» AK tarkibidagi 25 ta don korxonalari 2022 yil 1 iyulga qadar, qolganlarini esa joriy yilning yakuniga qadar bosqichma-bosqich savdoga chiqariladi;
- 2022 yil 1 apreldan boshlab «O‘zagroservis» AJ va uning tarkibiga kiruvchi tashkilotlarning ko‘chmas mulk obektlari, zarur hollarda, ularni alohida lotlarga bo‘lgan holda, elektron onlayn-auksion savdolariga baholangan qiymatda chiqariladi;
- 2022 yil 1 aprelga qadar «O‘zagrolizing» AJning operatsion samaradorligini oshirish, mavjud qarzdorliklarini tarkibiy o‘zgartirish, jamiyatning likvidliligi va to‘lov qobiliyatini ta’minlashni nazarda tutuvchi «Yo‘l xaritasi»ni ishlab chiqib, Vazirlar Mahkamasiga tasdiqlash uchun kiritiladi.
Shuningdek, qarorda
- 2022 yil 1 oktyabrga qadar «Qishloq qurilish bank» ATBning aksiyalarini ommaviy joylashtirish (IPO);
- 2022 yil yakuniga qadar Xalqaro moliya korporatsiyasi, Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki hamda Osiyo taraqqiyot bankini jalb qilgan holda «O‘zsanoatqurilishbank» ATB va «Asakabank» ATBning davlat ulushlari savdoga chiqarish;
- 2023 yil 1 iyulga qadar AT «Xalq banki», «Mikrokreditbank» ATB, AT «Aloqabank», «Agro bank» ATB, «O‘zmilliybank» AJ aksiyalarini fond birjasi orqali ommaviy joylashtirish (IPO) belgilangan.
Shuningdek, hujjatda davlat aktivlarini xususiylashtirishda ularning boshlang‘ich narxini e’lon qilmagan holda talabgorlarni muzokaralarga ommaviy taklif qilish yo‘li bilan, shu jumladan, professional tashkilotlarni jalb qilgan holda sotish uslubi joriy etilishi belgilangan. Bunda, professional tashkilotlarni jalb qilish orqali xususiylashtiriladigan davlat aktivlari ro‘yxati Davlat tender komissiyasi tomonidan tasdiqlanadi.
Tavsiya etamiz
Hindiston va Pokiston: kimning armiyasi kuchliroq?
Jahon | 19:21 / 09.05.2025
Mafkuralar kurashi: 9 may aslida qanday kun?
O‘zbekiston | 14:22 / 09.05.2025
Qatiq, murabbo va yadro quroli. Putin yangi filmda nimalar dedi?
Jahon | 21:59 / 06.05.2025
Avtomobil importiga ekosertifikat – utilizatsiyaga qo‘shimcha “bonus”mi?
O‘zbekiston | 20:34 / 06.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Kashmirda sulh e’lon qilinganidan keyin portlashlar sodir bo‘ldi
Jahon | 23:37 / 10.05.2025
-
AQShda ona va o‘g‘il bir vaqtda universitetni tamomladi
Jahon | 23:18 / 10.05.2025
-
Ukraina muzokaraga tayyorligini aytdi, Rossiya o‘ylab ko‘rishini ma’lum qildi
Jahon | 22:28 / 10.05.2025
-
Bekobod shahrida Damas piyodani bosib ketdi
Jamiyat | 22:20 / 10.05.2025
Mavzuga oid

16:52 / 07.05.2025
Noshaffof xususiylashtirishlar. Bu yana davom etadimi?

13:54 / 01.05.2025
O‘zbekistonda zamonaviy standartlar asosida kamida 58 ta maktab quriladi

17:21 / 30.04.2025
Toshkentning Shayxontohur tumani hokimligi binosi sotuvga qo‘yildi

13:31 / 29.04.2025