Ko‘cha taksichilariga qimmatli buyumlarni ishonish mumkinmi?
Siz qarindoshingizga sovg‘a, biznes hamkoringizga kerakli hujjatlar yoki shunchaki boshqa viloyatdagi o‘z uyingizga qimmatli buyumlarni yubormoqchisiz? Shahar ichida yoki butun O‘zbekiston bo‘ylab turli xildagi jo‘natmalarni manzilga yetkazib berish uchun sizda tanlash uchun bir nechta variantlar bor. Masalan, shaxsiy mashinangizda olib borish, tanish orqali berib yuborish, yoki ko‘cha taksichilari xizmatidan foydalanish. Ko‘chadagi taksi haydovchilari albatta yaxshi, ammo ulardan ham qulayroq va hamyonbop bo‘lgan kurerlik xizmatlari hozirda rivojlanib bormoqda. Ushbu maqolada nima uchun qimmatli buyumlarni ko‘cha taksistlari orqali emas balki ishonchli xizmatlar orqali yuborish kerakligi haqida so‘z yuritamiz.
Demak, nima uchun ko‘cha haydovchilariga qimmatli buyumlarni ishonish yaxshi fikr emas?
“Bo‘ldi aka, olib boramiz” – qachon va qandayligi esa noma’lum
Qimmatli buyumlar yoki hujjatlar almashinuvida ishonchli hamkor bo‘lgani yaxshi. Ko‘cha haydovchilari bilan esa bu borada muammolar yetarlicha. Ular qancha ko‘p va xo‘p va’dalar berishmasin, sizning qimmatli jo‘natmangiz qabul qiluvchiga qachon va qanday yetib borishi mavhum.
“Aka, mana kelib qoldik” – 6 soatdan beri shu gap
Buyum yoki xatni haydovchiga ishonib topshirdingiz ham deylik. Lekin uning aytaylik Toshkentdan Xorazmga yetib borishi uchun taxminan 15 soat vaqt ketadi. Bu orada mashinaning qayerdaligi to‘g‘risida sizda hech qanday ma’lumot yo‘q, tabiiyki jo‘natma haqida ham.
“Aka, benzin oshdi-ku” – mashina gazda yursa ham benzinga qarab narx o‘ynaydi
Ishonchli haydovchini topish bir muammo bo‘lsa, ular bilan narx kelishish boshqa bir muammo. Oldindan sizning jo‘natmangiz narxini bilish – deyarli imkonsiz. Pitakka borib haydovchi bilan savdolashish esa anchagina vaqt yo‘qotish va asab buzilishiga olib keladi.
Xo‘sh, unda jo‘natmalarni kimga ishonish mumkin?
Hozirda O‘zbekiston bo‘ylab xizmat qiluvchi o‘nlab kurerlik xizmatlari mavjud. Ularning ko‘pchiligi sifatli xizmat va hamyonbop narxlarni taklif qiladi. “Fargo Parsel Service” esa yuqoridagilar bilan bir qatorda shaffoflik va qulaylikni ham taqdim qiladi.
“Fargo Parsel Service” kurerlik xizmatini butun O‘zbekiston bo‘ylab 6 yildan beri amalga oshirib kelmoqda va hozirgacha 1 millionga yaqin jo‘natmani o‘z egalariga yetkazib bergan.
Fargo nimalarni taklif qiladi?
Ishonch va kafolat
Kompaniya hozirgi kungacha 900 mingdan ortiq buyurtmani o‘z egalariga muvaffaqiyatli yetkazib bergan. Narxlari ko‘rsatilgan jo‘natmalarga shikast yetgan taqdirda kompaniya buyum narxini 100 foiz qoplab beradi (xizmat pulli).
Doimiy kuzatuv tizimi (treking)
Jo‘natmani Fargo ilovasi yoki shaxsiy kabinet orqali 24/7 onlayn kuzatib turish mumkin.
Shaffof narx va qulay tariflar
O‘zbekiston bo‘ylab masofaning uzunligidan qat’i nazar, bir kilogacha bo‘lgan jo‘natmalar punktdan punktgacha tarifida 10 000 so‘mdan boshlab yetkazib beriladi. Yukingiz og‘irligi va o‘lchamiga qarab jo‘natma narxini oldindan hisoblashingiz mumkin. Tariflar bilan Fargo.uz saytida tanishing.
O‘zingizga qulay uslubda buyurtma bering
Jo‘natmangizni telefon, Telegram yoki mobil ilova orqali uydan chiqmasdan turib yuborishingiz mumkin. Fargo kurerlari esa jo‘natmani eshigingiz oldidan olib ketishadi (xizmat pulli).
Buyurtma uchun:
● fargo.uz/ @fargopochta_bot / Fargo guruhi
Ijtimoiy tarmoqlar:
Facebook / Telegram / Instagram
Fargo – jo‘natmalardagi ishonchli hamkoringiz.
Reklama huquqi asosida