O‘zbekiston | 11:32 / 01.04.2022
2647
1 daqiqa o‘qiladi

Mo‘ynoqning sobiq hokimi vazir o‘rinbosari bo‘ldi

Qoraqalpog‘istonda bir kunda ikkita vazirga o‘rinbosar tayinlandi. Ularning biri sobiq hokim

Yerpolat Yedenbayev / Foto: Kun.uz

Yerpolat Yedenbayev Qoraqalpog‘iston Respublikasi qishloq xo‘jaligi vazirining iqtisodiy masalalari bo‘yicha o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi. Bu haqda vazirlik matbuot xizmati xabar berdi.

Adilbek Allanazarov

Tayinlovga qadar Yerpolat Yedenbayev Mo‘ynoq tumani hokimi lavozimida ishlagan. Hozirda esa tumanda Baxtiyar Menglibekov hokim sifatida faoliyat olib bormoqda. Shuningdek, Adilbek Allanazarov Qoraqalpog‘iston Respublikasi Sportni rivojlantirish vaziri o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.

Eslatib o‘tamiz, bundan oldin Bo‘zatov tumanining sobiq hokimi Mahmud Qaypanov Qoraqalpog‘iston Respublikasi veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qo‘mitasiga rahbar etib tayinlangandi.