Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Zelenskiy Ukraina nazoratiga qaytgan Buchaga bordi
Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy Kiyev yaqinidagi Bucha shaharchasiga bordi. Bu hudud rossiyalik harbiylar Kiyevni tark etgach, yana Ukraina nazoratiga qaytgan.
Foto: Getty Images
Zelenskiy qo‘riqchilari hamrohligida vayronaga aylangan Buchani aylanib, odamlar bilan gaplashgan. Ukraina Buchada rus harbiylari tomonidan ukrainaliklarga nisbatan qirg‘in sodir etilgan deb hisoblaydi, Rossiya tomoni esa bu ayblovni rad etgan.
Zelenskiy Buchada OAV vakillari bilan gaplashishga ham ulgurdi. U savollarga ukraina va rus tillarida javob berdi. Ukraina yetakchisi Rossiyaning Buchada qilgan ishlari geneotsid va harbiy jinoyat ekanini ta’kidladi. Ukraina prezidentining aytishicha, mamlakat butun Ukraina bo‘ylab mudofaani kuchaytiradi, Rossiya bilan tinchlik kelishuvi bo‘yicha muzokaralar ham davom ettiriladi. «To‘g‘risi, ular bilan nima qilganlarini ko‘raturib gaplashish qiyin bo‘lmoqda», degan Zelenskiy muzokaralar murakkab o‘tayotganini aytar ekan.
Rus askarlari tark etgach, jurnalistlar Buchada bo‘lib suratlar e’lon qilishdi. Ularda ko‘chalarda otib ketilgan odamlar, vayrona uylarda uyilib yotgan jasadlar, ommaviy qabriston suratlarini ko‘rish mumkin. Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavroy Buchadan e’lon qilinayotgan suratlarni sahnalashtirilgan deb atadi. BMT bosh kotibi Antoniu Guterrish esa Buchadagi holat bo‘yicha tekshiruv o‘tkazish zarurligi haqida gapirdi.
Kiyev yaqinidagi Bucha Irpen va Gostomel o‘rtasida joylashgan. Shaharchada 30 mingdan ortiq odam yashaydi.
Mavzuga oid
15:08 / 17.01.2026
Ukraina sudi Timoshenko uchun 661 ming yevro garov belgiladi
14:28 / 17.01.2026
Shmixal: Ukrainada Rossiya zarbalaridan zarar ko‘rmagan elektr stansiyalari qolmadi
13:17 / 17.01.2026
Zelenskiy: Ukraina delegatsiyasi AQShga yo‘l oldi
12:17 / 17.01.2026