Jahon | 20:03 / 05.04.2022
9732
2 daqiqa o‘qiladi

Ko‘mir, VTB va yarimo‘tkazgichlar: Yevroittifoq Rossiyaga qarshi yangi sanksiyalar tayyorladi 

Yangi sanksiyalarda Rossiyaning yiliga 4 mlrd yevrolik ko‘miri importidan voz kechish ko‘zda tutilgan.

Foto: RIA Novosti

Yevroittifoq Rossiyaga qarshi sanksiyalarning beshinchi paketini tayyorladi. Bu haqda Yevrokomissiya raisi Ursula fon der Lyayyen ma’lum qildi.

Yangi sanksiyalarda Rossiyaning yiliga 4 mlrd yevrolik ko‘miri importidan voz kechish ko‘zda tutilgan. Bundan tashqari, Yevroittifoq VTB va yana uchta bank operatsiyalarini to‘liq taqiqlaydi, Rossiya kemalarining YeI portlariga kirishi man etiladi hamda Rossiya va Belarus transport operatorlarining kirishiga to‘siq qo‘yiladi.  

Shuningdek, Yevroittifoq 10 mlrd yevrolik yarimo‘tkazgichlar va turli jihozlar eksportini to‘xtatadi, ma’lum bir turdagi 5,5 mlrd yevrolik mahsulotlar (jumladan, yog‘och, sement, dengiz va alkogol mahsulotlari) importiga taqiq qo‘yadi. Bundan tashqari, Rossiya kompaniyalarining YeI davlat xaridlarida qatnashishi taqiqlanadi.  

Shaxsiy sanksiyalarga tushgan jismoniy shaxslar ro‘yxati kengaytiriladi.  

Yevrokomissiya raisining qo‘shimcha qilishicha, YeI yana qo‘shimcha sanksiyalar ustida ishlamoqda.

Дилшод Аскаров
Tayyorlagan Дилшод Аскаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid