Bakalavr, magistratura va doktorantura bosqichlarida grant asosida o‘qish uchun ariza topshiring - Qozoq-Britaniya texnika universiteti
Markaziy Osiyodagi yetakchi texnika universitetlardan biri bo‘lgan Qozog‘iston-Britaniya texnika universiteti abituriyentlarni virtual “Ochiq eshiklar kuni”ga taklif qiladi! Grant asosida tahsil olish va o‘qishga chegirmalarni olish imkoniyatlari haqida bilib oling.
KBTU ilmiy-tadqiqot ishlari bilan shug‘ullanuvchi, Qozog‘iston va jahon iqtisodiyotining istiqbolli yo‘nalishlarida ishlash uchun ilmiy darajali va yuqori malakali kadrlar tayyorlash bilan shug‘ullanadigan nufuzli universitet hisoblanadi.
Biz jamiyat va fan o‘rtasida, Qozog‘iston va butun dunyo o‘rtasida, texnologiya va biznes o‘rtasida bilim ko‘prigi qurmoqdamiz. KBTU uchun innovatsion va ijodiy yondashuv ustuvor hisoblanadi, shuning uchun bizning loyihalarimiz konsepsiyada farqlanadi va turli muammolarga yechim topadi.
Butun Markaziy Osiyo mintaqasida ilmiy-texnik innovatsiyalar markaziga aylanish uchun biz turli sohalardagi korxonalar bilan birgalikda kadrlar tayyorlash dasturini takomillashtirmoqdamiz. KBTU Maslahat kengashi tarkibiga kompaniyalarning top-menejyerlari va sanoat qo‘mitalari - texnik ekspertlar kiradi, ularning ishtiroki tufayli bizning o‘quv dasturlarimiz yuqori sifatli va dolzarbdir. Bu universitetni ham qozog‘istonlik, ham xorijlik talabalar uchun jozibador qiladi.
KBTU bitiruvchilarining 90 foizdan ortig‘i o‘qishni tugatgandan so‘ng tez orada ish topadi yoki magistraturada o‘qishni davom ettirishadi. Ko‘plab bitiruvchilarimiz IT va neft-gaz sanoatidagi yetakchi xalqaro kompaniyalarda, jumladan, Kremniy vodiysida ishlaydi.
Biz yuqori malakali o‘qituvchilarimiz, jumladan, mahalliy va xorijiy olimlar bilan faxrlanamiz. KBTUda tadqiqotchilar va talabalar innovatsion loyihalar ustida ishlovchi zamonaviy ilmiy laboratoriyalar, shuningdek, neft va gaz sanoatining dolzarb yo‘nalishlari bo‘yicha laboratoriyalar, Honeywell bilan hamkorlikda jarayonlarni avtomatlashtirish, axborot texnologiyalari va dengiz sanoatida mutaxassislarni tayyorlash mavjud. 2022 yil aprel oyida Olmaota shahrining raqamlashtirish departamenti va Shveytsariyaning IGLUS kompaniyasi bilan birgalikda “aqlli shaharlar” sohasida mutaxassislar tayyorlash uchun “ Smart city ” laboratoriyasi ochildi.
KBTU University of London, Harvard Business School, University of Reading, International School of Management, University of Northampton, Kyoto Institute of Technology, Gubkin nomidagi Rossiya davlat neft va gaz universitet va boshqa dunyoning eng yaxshi universitetlari bilan hamkorlik aloqalarini o‘rnatgan. Universitet xalqaro dasturlar, jumladan Creative Spark va Erasmus+ a’zosi hisoblanadi. Ta’lim muassasasi xorijlik talabalar uchun imtiyozli o‘rinlar sonini muntazam oshirib bormoqda.
2022 yil 21 aprel kuni soat 14:00 da (Toshkent vaqti bilan GMT +5) virtual “Ochiq eshiklar kuni”da qatnashing. Ushbu havola orqali ro‘yxatdan o‘ting: https://forms.office.com/r/N73kmjtHxE
Olimpiadada qatnashing va KBTUda o‘qish uchun grant yutib oling. Tafsilotlar va ro‘yxatdan o‘tish: https://forms.gle/81PYWKPGp1c5jFQN6
Rasmiy kanallardan KBTU haqida ko‘proq ma’lumot oling: https://kbtu.edu.kz/ru/ https://www.instagram.com/kbtu_official/
Reklama huquqi asosida