O‘zbekistonda yangi tahrirdagi yo‘l harakati qoidalari tasdiqlandi
1 maydan boshlab Toshkent, Nukus shaharlari va viloyat markazlaridagi gavjum ko‘chalarda 60 km/soatdan yuqori tezlikda harakatlanish taqiqlanishi mumkin.

Foto: Kun.uz
Hukumat qarori bilan yo‘l harakati qoidalari yangi tahrirda tasdiqlandi. Bu haqda Nigoh kanali xabar bermoqda.
Yangi tahrirdagi Yo‘l harakati qoidalariga ko‘ra:
- Yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash sohasidagi respublika komissiyasining qarori asosida Toshkent va Nukus shaharlari hamda viloyatlar markazlaridagi yo‘l harakati qatnovi yuqori bo‘lgan va aholi gavjum hududlarda transport vositalari harakatlanishining yuqori tezligi soatiga 60 kilometr etib belgilanishi mumkin;
- Qolgan aholi punktlarida transport vositalarining tezligini soatiga 70 kilometrdan, maktab va maktabgacha ta’lim tashkilotlari atrofidagi yo‘llarda 300 metrgacha bo‘lgan masofada 30 kilometrdan, turar joy dahalari va yondosh hududlarda (uy-joy binolari orasidagi yer uchastkasida) esa soatiga 20 kilometrdan oshirmasdan harakatlanishga ruxsat etiladi.
Shuningdek, yangi qoidalarga ko‘ra endilikda:
- yengil avtomobillarda yuk tashishga ularning tom qismiga o‘rnatilgan yukxonadagi yukning balandligi 1 metrdan (maxsus moslamalar bilan mustahkamlangan holda velosipedlarni tashish bundan mustasno) va uzunligi avtomobilning gabaritidan 0,5 metrdan oshmagan taqdirda yo‘l qo‘yiladi;
- yuk avtomobillari, ayrim istisnolardan tashqari barcha holatlarda, yo‘lning faqat o‘ng qatnov qismidan harakatlanishi shart bo‘ladi;
- transport vositalarining qayrilib olish joylarida va unga 30 metr yetmasdan yoki o‘tib to‘xtash taqiqlanadi;
- sutkaning qorong‘i vaqtida va yetarlicha ko‘rinmaydigan sharoitda velosiped yo‘lkasi bo‘lmagan holda yo‘lning qatnov qismida harakatlanayotgan velosipedchilar nur qaytargichli kamzulda yoki nur qaytaruvchi elementlar bo‘lgan ustki kiyimda bo‘lishi lozim.
Qarorga ko‘ra, yangi tahrirdagi Yo‘l harakati qoidalari 2022 yil 1 maydan boshlab amalga kiritiladi.
Ma’lumot uchun, Yo‘l harakati qoidalarining amaldagi tahriri 2016 yil 1 martdan beri amal qilib kelayotgandi.
Tavsiya etamiz
Toshkentda yo‘l o‘rtasidagi birinchi tezyurar yo‘lak qurilishi boshlanadi
O‘zbekiston | 19:08 / 13.05.2025
1 iyundan O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasida 30 kunlik vizasiz rejim kuchga kiradi
O‘zbekiston | 17:29 / 13.05.2025
O‘zbekistonliklar eng ko‘p Green Card yutganlar orasida 1-o‘rinni egalladi
Jahon | 22:24 / 12.05.2025
Hindiston va Pokiston: kimning armiyasi kuchliroq?
Jahon | 19:21 / 09.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Putin Ukraina bilan muzokaralarda ishtirok etadigan delegatsiya tarkibini tasdiqladi
Jahon | 02:31
-
Shveytsariyada radar tezlikni oshirgan o‘rdakni suratga oldi
Jahon | 01:40
-
NYT: Trampning oilasi aprel oyida kamida 2 mlrd dollarga boyidi
Jahon | 01:09
-
Zelenskiy: Ukraina muzokaralarning har qanday formatiga tayyor
Jahon | 23:40 / 14.05.2025
Mavzuga oid

16:12 / 10.04.2025
Ekologik nosoz avtomobillar haydovchilariga chora ko‘riladi

16:00 / 24.01.2025
Avtomobilni takroran mast holda boshqarganlik uchun jinoiy javobgarlik joriy qilinmoqda

18:02 / 19.12.2024
Qatarda yo‘l harakati qoidalarini qo‘pol tarzda buzgan haydovchining avtomobili yo‘q qilindi

16:29 / 19.11.2024