Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qashqadaryo viloyati sog‘liqni saqlash boshqarmasi boshlig‘i o‘zgardi
Viloyat SSBga 36 yoshli yangi boshliq tayinlandi.
Cog‘liqni saqlash vazirining tegishli buyrug‘i bilan akademik Bobur Qodirovich Teshayev Qashqadaryo viloyati sog‘liqni saqlash boshqarmasi boshlig‘i etib tayinlandi.
Vazirlik matbuot xizmati ma’lumot berishicha, ayni vaqtda 36 yoshda bo‘lgan Bobur Teshayev Respublika ixtisoslashtirilgan endokrinologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining umumiy va neyroendokrinologiya bo‘limlarida ishlab, tajriba orttirgan. Keyinchalik Surxondaryo viloyati Endokrinologiya dispanseri bosh vrachi lavozimida faoliyat yuritgan.
U 2018 yildan buyon Yo.To‘raqulov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan endokrinologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Qashqadaryo filiali direktori vazifasida ishlab kelayotgan edi.
Ma’lumot uchun, Qashqadaryo viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasiga 2020 yil noyabridan buyon Ravshan To‘lakov rahbarlik qilayotgandi.
Mavzuga oid
14:58 / 08.07.2026
Qashqadaryoda harakatdagi mashina gaz balloni portlashi oqibatida bir kishi halok bo‘ldi
09:31 / 13.06.2026
Ishga kiritib qo‘yishni va’da qilgan “soxta prokuror“ ushlandi
17:18 / 08.06.2026
Qashqadaryodagi portlashda 6 kishi halok bo‘lgan
15:27 / 08.06.2026