Özbekistonda barça normativ-huquqiy hujjatlarni qabul qilişdan oldin jamoatchilik muhokamasini ötkaziş şartligi haqidagi majburiy talab bekor qilindi. Adliya vazirligi bu özgarişni tuşuntirişga urindi, biroq vazirlik keltirgan argumentlarning barçasiga nisbatan savollar yetarli.
Foto: Adliya vazirligiFoto: Adliya vazirligi
Adliya vazirligi barça normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari jamoatchilik muhokamasidan ötkazilişiga doir tartib bekor qilinişi ortidan kelib çiqqan norozilik va muhokamalarga munosabat bildirdi.
“Qonunda mavjud emas”mi?
Vazirlik eng avvalo “Normativ-huquqiy hujjatlar töğrisida”gi qonunga e’tibor qaratgan. Qonunning 24-moddasida şunday deyiladi:
“Işlab çiquvçi tomonidan normativ-huquqiy hujjatlarning loyihalari normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portalida jamoatchilik muhokamasini ötkaziş uçun qonunçilikda belgilangan tartibda joylaştiriladi”.
Adliya vazirligi bu moddaning “qonunçilikda belgilangan tartibda” degan qismiga urğu qaratgan holda, “qonunda barça normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari jamoatchilik muhokamasiga joylaştirilişi şartligi haqida talab mavjud emas” deb bayonot berdi.
Biroq ta’kidlaş lozim, prezidentning 2018 yil 13 apreldagi qarorida 2018 yil 1 maydan boşlab barça (!) NHH loyihalari jamoatchilik muhokamasi uçun joylaştirilişi lozimligi belgilangan edi.
Prezidentning 2021 yil 15 martdagi qarorida esa barça (!) NHH loyihalari majburiy tartibda (!!) jamoatchilik muhokamasi uçun joylaştirilişi közda tutilgandi.
Ayni şu qarorlardagi talablar – “qonunçilikda belgilangan tartibda” degan qoidaning töğridan töğri ifodasi. Ya’ni, qonunda qonunosti hujjatiga havola körsatilgan, qonunosti hujjat vazifasini esa prezidentning ikkita qarori bajarmoqda. Şunday ekan, Adliya vazirligining “qonunda bunaqa talab yöq” qabilidagi bayonoti öquvçini çalğitişi mumkin
Mavzuga oid
. Töliqroq qilib aytganda esa, “qonunçilikda bunaqa talab bor edi, 2022 yil 18 martdan boşlab bekor qilindi”.
Kuni keça ma’lum bölganidek, yuqoridagi ikkita qarorga 18 mart kuni özgartirişlar kiritilgan: hujjatlardagi “barça normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari, majburiy tartibda” degan sözlar “muhim iqtisodiy va ijtimoiy-siyosiy ahamiyatga ega normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari, qoida tariqasida” degan sözlar bilan almaştirilgan.
Ayni şu özgarişga nima sabab bölgani (jamoatçilikda e’tiroz uyğotgan asosiy masala)ga vazirlik öz bayonotining eng söngida izoh bergan. Bu haqda quyiroqda söz yuritiladi.
Istisnolar majburiyatni ham örtaga çiqarmoqda
Bayonotda keltirilgan ikkinçi argumentga köra, qanday hujjatlar jamoatchilik muhokamasidan ötkazilmasligi prezidentning 2021 yil 15 martdagi qarorida belgilab qöyilgan. Bu qarorga binoan, quyidagi hollarda loyihalar jamoatchilik muhokamasidan ötkazilmaydi:
favqulodda vaziyatlarning oldini oliş yoki ularning oqibatlarini bartaraf etiş, yuqumli va parazitar kasalliklar tarqalişining oldini oliş böyiça çeklovçi tadbirlarni belgilaşga qaratilgan loyihalar;
yangi qabul qilingan qonunçilik hujjatlarining talablariga muvofiqlaştirişga qaratilgan özgartiriş va qöşimçalarni nazarda tutuvçi loyihalar;
tadbirkorlik faoliyatiga, fuqarolar huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlariga hamda atrof-muhitga ta’sir körsatişni nazarda tutmaydigan loyihalar.
Qayd etiş lozimki, mazkur istisnolar yuqoridagi qaror bilan tasdiqlangan nizomda sanab ötilgan, bevosita qaror matnida esa barça NHH loyihalari majburiy tartibda jamoatchilik muhokamasidan ötkazilişi ta’kidlangan edi. Ya’ni 18 martda özgartiş kiritilgunga qadar, qaror va uning ilovasi örtasida huquqiy kolliziya bölgan.
Qolaversa, istisnolar röyxatidagi uçinçi band quyidagiça xulosa çiqarişga asos böladi: tadbirkorlik faoliyatiga, fuqarolar huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlariga hamda atrof-muhitga ta’sir körsatişni nazarda tutadigan loyihalar jamoatchilik muhokamasidan ötkazilişi kerak. Buni esa Adliya vazirligi nazorat qilişi zarur. Biroq mazkur mezonlarga mos tuşuvçi köplab hujjatlar muhokamaga çiqarilmasdan qabul qilib kelinayotgani sir emas.
Hukumat qarori prezident qaroriga zid ravişda qabul qilingan
“Uçinçidan, qizğin muhokamalarga sabab bölayotgan norma yangilik emas. Çunki Vazirlar Mahkamasi Reglamentining 30-bandiga uşbu masala yuzasidan 2021 yil 16 avgustda tegişli özgartirişlar kiritilgan”, deya davom ettirilgan Adliya vazirligining bayonoti.
Vazirlar Mahkamasining reglamenti Vazirlar Mahkamasi qarori asosida tasdiqlangan. Biroq bu paytda barça NHH loyihalarini muhokamaga çiqarişga oid prezident qarorlari hali amalda edi. Qonunga binoan, prezident qarorlari hukumat qarorlaridan ustun turadi.
Muhokamalar eng avvalo regulation.gov.uz'da ötkazilişi kerak
Adliya vazirligi öz izohida regulation.gov.uz portali loyihalarni jamoatchilik muhokamasidan ötkazişning “yagona manbayi emas”ligini ta’kidlagan. Buning uçun loyiha mualliflarining rasmiy saytlari va jamoatchilik.uz portali ham borligini eslatgan.
Bu örinda yana “Normativ-huquqiy hujjatlar töğrisida”gi qonunga murojaat qilişga töğri keladi: Qonunning yuqorida keltirib ötilgan 24-moddasida jamoatchilik muhokamasi NHH loyihalari muhokamasi portalida ötkazilişi yozib qöyilgan.
Ya’ni Özbekistonda huquqiy taşabbuslarni muhokama qilişning birlamçi maydoni bu – regulation.gov.uz. Boşqa rasmiy saytlarda muhokama ötkaziş uçun zaruriy texnik imkoniyatlar deyarli yöq.
Adliya vazirligining bayonotda ta’kidlab ötgan yana bir eslatmasi esa barça davlat organlari, xususan 18 martdagi bahsli qaror loyihasini öz saytida muhokamaga çiqarmagan Adliya vazirligining öziga ham taalluqli:
“Davlat hokimiyati va boşqaruvi organlari faoliyatining oçiqligi töğrisida”gi qonunga muvofiq, davlat hokimiyati va boşqaruvi organlari tomonidan işlab çiqilayotgan loyihalar töğrisidagi ma’lumotlar ularning faoliyati töğrisidagi axborot jumlasiga kiradi. Demak, taşkilotlarning özlari işlab çiqqan loyihalarni rasmiy veb-sahifalarida e’lon qilib boriş majburiyati qonun darajasida mustahkamlangan”.
Xorijiy tajriba...
Adliya vazirligi loyihalarning jamoatchilik muhokamasiga “manzilli yondaşuv” xorijiy tajribada ham borligini aytarkan, bu borada faqat Belarus va Rossiyani namuna qilib körsatgan xolos.
Bu ikki mamlakatning Jahon banki yuritadigan Boşqaruv sifati indikatorlaridagi örni havas qilarli emas (Özbekiston bu indikatorlarni rasman tan oladi). 2020 yildagi indeksga köra, “Aholi fikrini hisobga oliş va hisobdorlik” indikatorida Rossiya Afğoniston bilan teng ball töplagan bölsa, Belarus bu reytingda sönggi yigirmatalikdan joy olgan.
Barça NHHlarni muhokamaga çiqariş talabi nega bekor qilindi?
Adliya organi mazkur savolga javoban, loyihalarni keng muhokamaga qöyişdagi manzilli (yoki tanlama) yondaşuv “vaziyat va zamon taqozosi” ekanini bildirdi.
“Norma ijodkorligi nuqtayi nazaridan pişiq bölmagan loyihalarning portalga joylanişi keng jamoatçilikda norozilik va rezonanslarni keltirib çiqarişi mumkin.
Şuningdek, sönggi vaqtlarda işlab çiquvçilar tomonidan boşqa vazirlik va idoralarning vakolatlari, vazifalari va javobgarligiga taalluqli bölgan loyihalarni işlab çiqiş holatlari uçrab turibdi.
Bu esa öz navbatida, tegişli vazirlik va idoraning huquqiy holati va imkoniyatlarini töla baholamagan holda sifatsiz, puxta işlanmagan hamda belgilangan tartibda kelişilmagan holda fuqarolar, tadbirkorlik faoliyati sub’yektlariga majburiyatlar yuklovçi, ularning faoliyatida byurokratik tösiqlarni vujudga keltiruvçi loyihalarning işlab çiqilişiga olib kelmoqda.
Körinib turibdiki, loyihalarining jamoatchilik muhokamasiga qöyilişida manzilli yondaşuv vaziyat va zamon taqozosidir”, deyiladi vazirlik izohida.
Bayonotdan körinadiki, pişiq bölmagan loyihalar muhokamaga çiqib ketişining oldini oliş uçun boşqa usullar, masalan loyihani barça manfaatlar vazirlik va idoralar bilan kelişgandan keyin muhokamaga çiqariş tartibiga ötiş masalasi körib çiqilmagan bölişi mumkin.
Tan oliş kerakki, barça NHH loyihalarini muhokamaga çiqariş talabi amal qilgan davrda ham köplab holatlarda unga rioya etilmay kelayotgan edi. Bu talabning keskin yumşatilişi jamoatçilikning qabul qilinayotgan hujjatlarga ta’sir ötkaziş imkoniyatini yanada kamaytirişini kutiş mumkin.
Yangi tartibga köra, qaysi loyihani muhokamaga qöyiş-qöymaslikni amalda taşabbuskorning özi hal qiladi. “Muhim iqtisodiy va ijtimoiy-siyosiy ahamiyatga ega” degan mezonni esa har kim turliça talqin qilişi mumkin.
Eng asosiysi, taşabbuskorlar öz loyihalari muhim iqtisodiy va ijtimoiy-siyosiy ahamiyatga ega ekanini tan olgan taqdirda ham, bu ularga loyihani jamoatchilik bilan maslahatlaşiş majburiyatini yuklamaydi, çunki belgilangan normalar “qoida tariqasida” amal qilişi yozib qöyildi.