Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonning 9 viloyatida sel va suv toshqinlari kuzatilishi mumkin
Sel va suv toshqinlari mavsumi boshlanmoqda.
Foto: Kun.uz
O‘zbekistonning tog‘oldi va tog‘li hududlarida 18–21 aprel kunlari kuchli yomg‘ir yog‘ishi kutilmoqda. Shu munosabat bilan «O‘zgidromet» fuqarolarga shoshilinch axborot bilan chiqdi.
Qayd etilishicha, bir qator hududlarda, jumladan:
- Qashqadaryo viloyati: Yakkabog‘, Dehqonobod, Chiroqchi, Kitob, Shahrisabz, Qamashi, G‘uzor, Koson tumanlarida;
- Surxondaryo viloyati: Sariosiyo, Uzun, Oltinsoy, Denov, Boysun, Sherobod, Sho‘rchi, Qumqo‘rg‘on, Muzrabot tumanlarida;
- Samarqand viloyati: Urgut, Samarqand, Bulung‘ur, Nurobod, Qo‘shrabot, Kattaqo‘rg‘on, Payariq, Jomboy, Ishtixon tumanlarida;
- Navoiy viloyati: Xatirchi, Navbahor, Nurota, Konimex, Karmana tumanlarida;
- Jizzax viloyati: Zomin, Baxmal, G‘allaorol, Sharof Rashidov, Forish, Yangiobod tumanlarida;
- Toshkent viloyati: Ohangaron, Bo‘stonliq, Parkent, Piskent, O‘rta Chirchiq, Yuqori Chirchiq tumanlarida va Angren, Olmaliq shaharlarida;
- Namangan viloyati: Pop, Kosonsoy, Chortoq, Chust, Namangan, Yangiqo‘rg‘on tumanlarida;
- Farg‘ona viloyati: So‘x, Farg‘ona, Beshariq tumanlarida;
- Andijon viloyati: Andijon, Asaka, Jalaquduq, Qo‘rg‘ontepa, Paxtaobod, Izboskan, Xo‘jaobod, Marhamat tumanlarida va Xonobod shahrida sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin.
«Tog‘oldi va tog‘li hududlarda istiqomat qiluvchi fuqarolardan, dam oluvchilar hamda tog‘li hududlarda harakatlanuvchi haydovchilardan ehtiyotkorlik choralarini ko‘rishlarini so‘raymiz», deyiladi xabarda.
Mavzuga oid
11:15 / 06.03.2026
O‘zbekistonning tog‘li hududlarida sel xavfi e’lon qilindi
09:42 / 28.02.2026
2–6 mart: tog‘li hududlarda sel-suv toshqin xavfi e’lon qilindi
09:55 / 25.02.2026
Tog‘li hududlarda sel-suv toshqinlari xavfi e’lon qilindi
10:29 / 19.02.2026