Afg‘oniston «O‘zbekiston temiryo‘llari» bilan hamkorlikni to‘xtatishni rejalashtirayotgani haqidagi xabarlar rad etildi
«O‘zbekiston temiryo‘llari» Afg‘oniston temiryo‘llari boshqarmasi (ARA) 2011 yildan buyon «Hayraton - Mozori-Sharif» temiryo‘l liniyasini boshqarish bilan shug‘ullanayotgan kompaniya faoliyatidan «to‘la qoniqishi» haqida ma’lumot berdi. Avvalroq OAVda ARA bosqichma-bosqich boshqaruvni o‘z qo‘liga olmoqchi ekani haqida xabarlar tarqalgandi.

Foto: O‘zbekiston temir yo‘llari
12-14 aprel kunlari Termizda «O‘zbekiston temiryo‘llari» boshqaruv rahbarlarining Afg‘oniston temiryo‘llari boshqarmasi boshlig‘i Baxtulrahmon Sharafat boshchiligidagi delegatsiyasi bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.
«O‘zbekiston temiryo‘llari» matbuot xizmati xabar berishicha, uchrashuvda Afg‘oniston tomoni O‘zbekistonga ikki tomonlama munosabatlarni mustahkamlash, Afg‘onistonga/Afg‘onistondan yuk tashish hajmini oshirish bo‘yicha ko‘rilayotgan chora-tadbirlar va sa’y-harakatlar, shuningdek, yuklarni o‘z vaqtida qayta ishlashda ko‘rsatilayotgan yordam uchun minnatdorchilik bildirgan.
Uchrashuvda, shuningdek, Afg‘oniston «O‘zbekiston temiryo‘llari» bilan hamkorlikni to‘xtatishni rejalashtirayotgani haqida OAVda tarqalgan xabarlarni rad etgan.
Qayd etilishicha, Afg‘oniston temiryo‘llari boshqarmasi raisi ikki tomonlama hamkorlikni mustahkamlash niyatida ekanligini ta’kidlagan.
Afg‘oniston tomoni «So‘g‘diyona-Trans» ShK («O‘zbekiston temiryo‘llari» AJga qarashli)ning «Hayraton – Mozori Sharif» temiryo‘l liniyasining ekspluatatsiyasi bo‘yicha 2021 yildan buyon amalga oshirib kelayotgan ishlaridan to‘liq mamnunligini bildirgan.
Muzokaralar davomida Mozori Sharif—Kobul—Peshovar temiryo‘li qurilishi loyihasini amalga oshirishni jadallashtirish masalasi ham muhokama qilingan.
Bundan avvalroq Afg‘onistondagi nashrlar «Tolibon» hukumati Hayraton — Mozori-Sharif temiryo‘li boshqaruvini o‘z qo‘liga olmoqchi ekanligi haqida xabar tarqatgandi. Xususan, Afg‘oniston temiryo‘llari boshqarmasi (ARA) mamlakat temiryo‘l vokzallarini qo‘shni davlatlar bilan ishlatish bo‘yicha shartnomalar Afg‘oniston manfaatlarini hisobga olmasdan tuzilgani, bu shartnomalarni qayta ko‘rib chiqish rejalashtirilayotganini ma’lum qilgandi.
Tavsiya etamiz
AQSh va Xitoy o‘rtasidagi bojxona urushi: kim yutadi?
Jahon | 12:46 / 17.04.2025
Yaponiyadan Italiyagacha – pulli yo‘llar haqidagi taassurotlar
Jahon | 21:50 / 16.04.2025
Turkiyaga aldov yo‘li bilan chaqirilgan voyaga yetmagan o‘zbekistonlik qiz vatanga qaytarildi
Jamiyat | 17:05 / 16.04.2025
Go‘sht narxi oshishi: qo‘shni mamlakatlarda vaziyat qanday?
Iqtisodiyot | 20:36 / 15.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Kichik va o‘rta biznesni rivojlantirish uchun Germaniya taraqqiyot bankidan 23,5 mln yevro kredit olinadi
Iqtisodiyot | 19:43
-
Pentagon uzoq masofaga suzishga qodir ekipajsiz suvosti kemasini yaratishni rejalashtirmoqda
Jahon | 19:41
-
Tailandda birinchi robot-politsiyachi taqdim etildi
Fan-texnika | 19:39
-
Bloomberg O‘zbekistonda soliq to‘lovchi sifatida ro‘yxatdan o‘tdi
O‘zbekiston | 19:37
Mavzuga oid

20:43 / 17.04.2025
Toliblar endi Rossiyada terrorchi tashkilot deb hisoblanmaydi. Voqealar rivoji

11:41 / 17.04.2025
138 nafar Afg‘oniston fuqarosi bo‘lgan yana bir reys Germaniyaga yetib keldi

07:02 / 16.04.2025
Afg‘onistondagi zilzila kuchi O‘zbekiston hududlarida sezildi

20:09 / 15.04.2025