15 mart kuni «Kiberxavfsizlik töğrisida»gi qonun prezident tomonidan imzolandi. Hujjat Qonunçilik palatasi tomonidan 25 fevral kuni qabul qilingan, Senatda 17 mart kuni ma’qullagan. 40 ta moddadan iborat mazkur qonun rasman e’lon qilinganidan 3 oy ötib, 2022 yil 17 iyuldan qonuniy kuçga kiradi.
Hujjatga köra, Özbekistonda kiberxavfsizlik sohasidagi yagona davlat siyosatini prezident belgilaydi (10-modda), Davlat xavfsizlik xizmati esa kiberxavfsizlik sohasidagi vakolatli davlat organi hisoblanadi.
Qonunda sohadagi asosiy tuşunçalarga ta’rif berilgan. Unga köra, kiberjinoyatçilik – axborotni egallaş, uni özgartiriş, yöq qiliş yoki axborot tizimlari va resurslarini işdan çiqariş maqsadida kibermakonda dasturiy ta’minot va texnik vositalardan foydalanilgan holda amalga oşiriladigan jinoyatlar yiğindisi hisoblanadi. Kibermakon esa – axborot texnologiyalari yordamida yaratilgan virtual muhitdir. Şuningdek, qonunda boşqa köplab zaruriy atamalarga ham izoh berilgan. (3-modda)
Kiberxavfsizlikni ta’minlaşdagi asosiy prinsiplar – qonuniylik, şaxs va davlat manfaatlarini himoya qiliş, sohaga yagona yondaşuv, tizimni yaratişda (davlat xaridlarida) mahalliy işlab çiqaruvçilarga ustuvorlik beriş, xalqaro hamkorlik uçun oçiqlik hisoblanadi. (4-modda)
Uşbu qonunda ham, boşqa köplab hujjatlar kabi Özbekiston qöşilgan xalqaro şartnomalarda közda tutilgan boşqaça qoidalarda ustuvorlik berilgan. Ya’ni, xalqaro şartnomada «Kiberxavfsizlik töğrisida»gi qonundan boşqaça qoida nazarda tutilgan bölsa, xalqaro şartnoma qoidalari qöllaniladi. (2-modda)
Kiberxavfsizlik sohasidagi vakolatli organ – DXXga köplab vakolatlar berilgan, xususan:
- sohaga doir normativ hujjatlar va dasturlar işlab çiqiş, ularning ijrosini nazorat qiliş;
- kiberxavfsizlik hodisalari yuzasidan tezkor tadbirlar va tergov harakatlari olib boriş, şuningdek ularning oldini oliş, bartaraf qiliş va oqibatlarini tugatiş böyiça texnik çoralar köriş;
- sohaga doir tadqiqotlar va monitoringlar ötkaziş;
- muhim axborot infratuzilmalari obektlarining yagona reyestrini şakllantiriş, ularning xavfsizligini ta’minlaşga doir talablarni belgilaş;
- axborotni kriptografik himoya qiliş vositalarini işlab çiqişga doir faoliyatni litsenziyalaş;
- muhim axborot infratuzilma obektlariga kiberhujumlarga urinişlarning oldini oliş;
- davlat boşqaruv organlari va mahalliy hokimliklarni kibertahdidlar haqida ogohlantiriş;
- Özbekiston kibermakonida terrorçilik, ekstremistik va boşqa qonunga xilof faoliyat olib borilmasligi çoralarini köriş;
- kiberxavfsizlik sohasida kadrlarni tayyorlaş va boşqa köplab vakolatlarga ega.
- Soha böyiça vakolatli organ – DXXning qonuniy talab va körsatmalarini bajariş majburiydir. (11-modda)
Şuningdek, vakolatli organ quyidagi huquqlarga ega:
- kiberhujumlarni aniqlaş va bartaraf etişda texnik, dasturiy vositalarni ijaraga oliş;
- keçiktirib bölmaydigan çoralar köriş uçun texnik qurilmalar va xizmatlardan tekin foydalaniş;
- davlat organlari va taşkilotlariga kiriş, ulardan zarur hujjatlar va materiallarni oliş va foydalaniş;
- tekşiruv va nazoratni amalga oşiriş uçun davlat taşkilotlari, muhim axborot infratuzilmalari obektlarining axborot tizimlari va resurslariga tösqinliksiz kiriş;
- jismoniy va yuridik şaxslarning turar joylariga va boşqa obektlariga tösqinliksiz kiriş, zarurat bölganda qulflaş moslamalarini buziş, şuningdek, jinoyat sodir etib ta’qib qilinayotgan yoki şunday jinoyat sodir etayotgan şaxs bor deb hisoblaş uçun yetarli asoslar bölsa yoxud keçiktiriş fuqarolar hayotini tahdidga qöysa, bu joylarni közdan keçiriş (yetkazilgan zararni qoplaş va 24 soat içida prokurorga xabar beriş şarti bilan) va boşqalar. (12-modda)
DXX kiberxavfsizlik sohasidagi muammolar yuzasidan ilmiy-tadqiqotlar amalga oşiriş, sohaga doir huquqbuzarliklar töğrisidagi murojaatlar va ma’lumotlarni röyxatdan ötkaziş va çora köriş kabi majburiyatlarga ega. (13-modda)
Davlat organlari va taşkilotlari ham kiberxavfsizlikni ta’minlaş maqsadida vakolatli davlat organidan kibertahdidlar, dasturiy ta’minotdagi, uskunalar va texnologiyalardagi zaifliklar töğrisidagi axborot va maslahatlar oliş huquqiga ega. Şuningdek, davlat organlari va taşkilotlari vakolatli organni kiberhujumlar töğrisida ogohlantirişi, kiberhimoya uçun sertifikatlaştirilgan dasturiy ta’minotlardan foydalanişi, sohaga doir normativ va texnik hujjatlarni vakolatli organ bilan kelişişi şart. (14-modda)
Davlat organlari va taşkilotlarining axborot tizimlari hamda resurslari ma’lumotlarining saqlanişini ta’minlaş ma’lumotlarning zaxira nusxalarini yaratiş yöli bilan amalga oşiriladi, ularning saqlaniş muddati oxirgi 3 oydan kam bölmasligi kerak. (15-modda)
Muhim axborot infratuzilmasi obektlari va milliy axborot resurslaridan foydalaniş bilan boğliq muayyan huquqlarga ega yuridik şaxslar, ya’ni kiberxavfsizlik sub’yektlariga ham uşbu qonun doirasida bir qança huquq va majburiyatlar yuklatilgan. (16-modda)
Kiberxavfsizlik talablariga muvofiqlik yuzasidan ekspertiza majburiy tartibda yoki kiberxavfsizlik sub’yektlarining taşabbusiga köra amalga oşiriladi. Quyidagilar kiberxavfsizlik talablariga muvofiqlik yuzasidan majburiy tartibda ekspertizadan ötkazilişi lozim: (18-modda)
- davlat organlarining axborot resurslari;
- davlat organlarining axborot tizimlari;
- muhim axborot infratuzilmasi obektlari toifasiga kiritilgan axborot tizimlari.
Şuningdek, davlat organlari va taşkilotlari axborot tizimlari hamda resurslarining kiberxavfsizligini ta’minlaş uçun qöllaniladigan apparat, apparat-dasturiy va dasturiy vositalar majburiy tartibda sertifikatlaştirilişi lozim (19-modda).
Kiberxavfsizlik hodisalari vakolatli davlat organi yoki kiberxavfsizlikni ta’minlaş böyiça işçi organning mansabdor şaxslari tomonidan tekşiriladi. Şuningdek, texnik imkoniyatlarga ega bölsa axborot resursining özi ham tekşiruv ötkazişi mumkin. Bunda u vakolatli organni natijalardan xabardor qilişi kerak (22-modda).
Şuningdek, qonunning oltinçi bobida muhim axborot infratuzilmasi obektlarining kiberxavfsizligini ta’minlaş, ularni toifalaştiriş va reyestrini yuritiş, huquq va majburiyatlari hamda xavfsizlik talablariga doir normalar berilgan (25-31 moddalar).
Hujjatning yettinçi bobidan sohani qöllab-quvvatlaş va rivojlantirişga doir normalar örin olgan. Xususan, sohaga dor normativ-huquqiy bazani takomillaştirilib, kiberxavfsizlik sub’yektlarini davlat tomonidan qöllab-quvvatlaş doirasida ularga soliq, bojxona imtiyozlari va preferensiyalar berilişi, xöjalik yurituvçi sub’yektlarning mablağlarini sohani moliyalaştiriş uçun jalb qilişga şaroit yaratiş belgilangan. (32-modda)
Davlat xavfsizlik xizmati Özbekiston qonunçiligi va xalqaro şartnomalariga muvofiq, xalqaro kiberjinoyatçilikka qarşi kuraşiş masalalariga doir axborotni çet davlatlarga va xalqaro taşkilotlarga sörov böyiça taqdim qiladi. Agar bunday axborot tergov va sud jarayonlariga tösqinlik qilmasa hamda kiberhujumlarga barham berişga xizmat qilsa, vakolatli organ uni xorijiy davlatlar va xalqaro taşkilotlarga oldindan sörovsiz ham berişi mumkin. (36-modda).
Qonunning töliq matni bilan uşbu havola orqali (pdf) tanişib çiqişingiz mumkin.
Eslatib ötamiz, joriy yil 26 yanvar kuni Oliy Majlis Qonunçilik palatasi yalpi majlisida onlayn qatnaşgan Davlat xavfsizlik xizmati raisining örinbosari Ravşan Abdullaxonov «Kiberxavfsizlik töğrisida»gi qonun loyihasi yuzasidan ma’lumot bergan edi. DXX raisi örinbosari raqamli ma’lumotlar xavfsizligi bilan boğliq xavflarning ortib borişi, davlat va jamiyat manfaatlari hamda fuqarolarning şaxsiy huquqlariga tahdid solişi – global raqamli boşqaruv uçun yangi muammolarni keltirib çiqarayotganini ta’kidlagan:
Şuningdek, «Kiberxavfsizlik töğrisida»gi qonun loyihasi jamoatçilik muhokamasi uçun ham çiqarilmagan va töliq qabul qilinguniga qadar töliq matni ham e’lon qilinmagan.
Avvalroq, kiberxavfsizlik sohasidagi vakolatli davlat organi hisoblangan Davlat xavfsizlik xizmati huzuridagi işçi organ bölişi kutilayotgan – Kiberxavfsizlik markazi DUK tomonidan »Özbekiston Respublikasida kiberxavfsizlikni ta’minlaş» böyiça 2021 yil uçun hisobot e’lon qilingan edi.
Unda Markaz tomonidan 2021 yilda milliy segmentdan 17 milliondan ortiq zararli va şubhali tarmoq faolliklar böyiça holatlar aniqlangani, uşbu faolliklarning köpgina qismi, ya’ni 76 foizi bot-tarmoq iştirokçilaridan iboratligi aytilgan. Şuningdek, markazning veb-ilovalarni himoya qiliş tizimi yordamida internet tarmoğining milliy segmentidagi veb-saytlarga qilingan 1,3 milliondan ortiq kiberhujumlar aniqlangani va bartaraf etilgani ma’lum qilingan.
«Kiberxavfsizlik töğrisida»gi Özbekiston Respublikasi qonuni 2022 yil 17 iyuldan qonuniy kuçga kiradi.












