Keça, 26 yanvar kuni Oliy Majlis Qonunçilik palatasi yalpi majlisida “Kiberxavfsizlik töğrisida”gi qonun loyihasi körib çiqildi va birinçi öqişda qabul qilindi.
Majlisda onlayn qatnaşgan Davlat xavfsizlik xizmati raisining örinbosari Ravşan Abdullaxonovga köra, raqamli ma’lumotlar xavfsizligi bilan boğliq xavflarning ortib borişi, davlat va jamiyat manfaatlari hamda fuqarolarning şaxsiy huquqlariga tahdid solişi – global raqamli boşqaruv uçun yangi muammolarni keltirib çiqarmoqda.
“Raqamli ma’lumotlar oqimi mamlakat içida ham, taşqarisida ham hakerlik hujumlariga duçor bölib kelmoqda. Respublikaning axborot xavfsizligi tizimi davlat xavfsizligi tizimining bir bölagi hisoblanadi. Davlat sektorining axborot tuzilmalari va resurslarining barqaror işlaşi hamda fuqarolarning huquq va erkinliklari uçun bir qator potensial xavflar mavjud bölib, ular jamiyat manfaatlari, jamiyat va fuqarolarning salomatligi, farovonligiga tahdid solişi mumkin”, – dedi u.
DXX mas’uli kiberxavfsizlik yönalişidagi bir qança xavf va muammolarni sanab ötdi:
- qonunçilikda axborot xavfsizligiga doir huquqiy normalar faqat qisman amalga oşirilgan;
- davlat organlari va aloqa operatorlari örtasida kiberhujumlarni kuzatiş ularning oqibatlarini bartaraf etiş böyiça özaro hamkorlik tizimi mavjud emas;
- davlat axborot kommunikatsiya infratuzilmasi obektlari identifikatsiya qilinmagan va tasdiqlanmagan holda qolmoqda, bu Özbekiston uçun halokatli oqibatlarga olib kelişi mumkin;
- muhim axborot infratuzilmasi obektlarida axborot tizimlari va resurslarining xavfsizlik tizimlarining baholaş usullari mavjud emas.
Ma’lum qilinişiça, qonun loyihasini işlab çiqişda Rossiya, Xitoy, AQŞ, Qozoğiston, Singapur, Ukraina, Gruziya kabi davlatlarning axborot xavfsizligi sohasidagi hujjatlari örganilib, amaliyotga joriy qilinişi tahlil qilingan.
Ravşan Narimonoviçga köra, qonun loyihasini işlab çiqişdan maqsad kiberxavfsizlik sohasidagi munosabatlarni tartibga soliş bölib, unda quyidagilar nazarda tutilgan:
- kiberxavfsizlik sohasidagi vakolatli davlat organi, uning huquq va majburiyatlari;
- davlat organlari va taşkilotlari axborot tizimlari va resurslarining kiberxavfsizligini ta’minlaş böyiça talablarni belgilaş;

















