Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yunusobodda erkak 9-qavatdan tushib ketgani bo‘yicha ma’lumot berildi
Bosh prokuratura ma’lumotiga ko‘ra, 42 yoshli erkak o‘z joniga qasd qilgan.
Bosh prokuratura Yunusobodda erkak kishi Xalqaro biznes-markaz binosining yuqori qavatidan qulab halok bo‘lgani yuzasidan rasmiy ma’lumot berdi.
Ma’lum qilinishicha, voqea soat 11:50larda ro‘y bergan. Binoning 9-qavatidagi chekish uchun mo‘ljallangan ochiq qismidan 42 yoshli erkak o‘zini pastga tashlab, o‘z joniga qasd qilgan.
“Hozirda holat yuzasidan Yunusobod tuman prokuraturasi tomonidan tekshirish harakatlari olib borilmoqda”, deyiladi xabarda.
Avvalroq, biznes-markaz vakillaridan biri Kun.uz muxbiri bilan suhbatda marhum binoning 15-qavatida joylashgan tashkilotlardan birida faoliyat olib borganini ma’lum qilgandi.
Mavzuga oid
17:14 / 17.07.2026
Chilonzor tumanini elektr uzilishlari qamrab oldi
11:40 / 17.07.2026
Toshkent – Bekobod qatnoviga zamonaviy elektropoyezd chiqariladi
05:32 / 17.07.2026
Toshkentda YPX mototsikllari ishtirokida avariya ro‘y berdi
20:43 / 16.07.2026