Harakatlanish erkinligi cheklangan shaxslarni hisobga olish bo‘yicha reyestr shakllantiriladi
Vazirlar Mahkamasining “Harakatlanish erkinligi cheklangan shaxslarni hisobga olish bo‘yicha yagona elektron reyestrni shakllantirish orqali jamoatchilik nazoratini kuchaytirish to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarori loyihasi e’lon qilindi.
Harakatlanish erkinligi cheklangan shaxslarni hisobga olish bo‘yicha yagona elektron reyestrni shakllantirish orqali jamoatchilik nazoratini kuchaytirish to‘g‘risidagi nizom tasdiqlanadi.
Belgilanishicha:
- harakatlanish erkinligi cheklangan shaxslarni hisobga olish bo‘yicha yagona elektron reyestrni yuritish va ushlangan shaxslarni yagona reyestrga kiritish tizimi takomillashtiriladi;
- sud, huquqni muhofaza qiluvchi organlar hamda ombudsmanga yagona elektron reyestrdagi ma’lumotlar bilan tanishish imkoniyati yaratiladi.
Ichki ishlar vazirligi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarni rivojlantirish vazirligi bilan birgalikda:
a) ishlab chiqilishi rejalashtirilgan elektron reyestrni yuritish dasturining texnik topshirig‘i belgilangan tartibda axborot xavfsizligi talablariga mosligini ekspertizadan o‘tkazadi;
b) uning texnik topshirig‘i asosida ishlab chiqilgan elektron reyestr tizimini ishga tushirishdan avval sertifikatsiyadan o‘tkazadi;
v) yaratilgan elektron reyestr tizimini axborot va kiberxavfsizlik talablariga moslik holati yuzasidan ekspertizadan o‘tkazadi;
g) harakatlanish erkinligi cheklangan shaxslarni hisobga olish bo‘yicha idoralararo yagona elektron reyestr yuritish dasturini ishlab chiqadi;
d) Mudofaa vazirligi va Sog‘liqni saqlash vazirligi hamkorligida yagona elektron reyestr axborot tizimlarini o‘zaro integratsiya qilish choralarini ko‘radi;
ye) harakatlanish erkinligi cheklangan shaxslar saqlanadigan joylarga joylashtirilgan shaxslar to‘g‘risidagi ma’lumotlar almashinuvini “Elektron hukumat” tizimi idoralararo integratsiya platformasi orqali amalga oshirilishini ta’minlaydi hamda elektron dasturni takomillashtirish yuzasidan tadbirlarni amalga oshiradi;
yo) ko‘rsatilgan xizmatlarni “Kiberxavfsizlik markazi” davlat unitar korxonasi tomonidan shartnoma asosida amalga oshiradi.
Harakatlanish erkinligi cheklangan shaxslarni hisobga olish bo‘yicha yagona elektron reyestrni yuritishda unga texnik xizmat ko‘rsatuvchi hamda axborot va kiberxavfsizlikni ta’minlash bo‘yicha vakolatli idora etib Ichki ishlar vazirligi belgilanadi.
Mavzuga oid

14:02 / 29.03.2025
“Tonirovka” uchun jarima: nima o‘zgaryapti?

22:55 / 22.03.2025
Tezlikni oshirishga ruxsat, Temu'ga taqiq va eksportga bojlar - hafta dayjesti

19:36 / 14.03.2025
«Har bir tizimda bunaqalar bor» – IIV mas’uli nopok xodimlar haqida

18:31 / 11.03.2025