Özbekiston Içki işlar vazirligida yangi tayinlovlar amalga oşirildi.

Prezident qarori bilan, polkovnik Ayubxon Toşxöjayeviç Rahmatullayev içki işlar vazirining birinçi örinbosari lavozimiga tayinlandi.

Rahmatullayev 2021 yil mart oyidan buyon Andijon viloyati IIB boşliği lavozimida işlab kelayotgandi. U muqaddam içki işlar vazirining örinbosari – moliya va moddiy texnika ta’minoti boş boşqarmasi boşliği lavozimida işlagan.

Uluğbek Toşxöjayev / Foto: IIV matbuot xizmati

Şuningdek, prezident farmoyişi asosida, Içki işlar vazirligi huzuridagi Migratsiya va personallaştiriş departamenti rahbari lavozimiga polkovnik Uluğbek Şuhratoviç Toşxöjayev tayinlandi.

Toşxöjayev 2021 yil aprelidan buyon Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat personallaştiriş markazining direktori sifatida işlab kelayotgandi

IIVning 11 mart kungi xabariga köra, bu ikki tayinlov haqida vazirlikda bölib ötgan yiğilişda ma’lum qilingan.

Eslatib ötamiz, Toşkent şahar IIBBni boşqarib kelgan general-mayor Aziz Toşpölatov ötgan hafta IIV rahbari lavozimida iş boşlagan edi.

U 7,5 yildan buyon vazir lavozimida işlab kelgan Pölat Bobojonovning örnini egalladi. Bobojonov faoliyatini prezidentning kadrlar siyosati böyiça maslahatçisiga örinbosar sifatida davom ettirmoqda