Yangi tasdiqlangan Yöl harakati qoidalariga köra, avtomobilning old örindiğida ötirgan yölovçilar ham xavfsizlik kamarini taqib olişlari majburiyligi belgilandi. Mazkur qoida ba’zi ijtimoiy tarmoq foydalanuvçilarining e’tirozlariga sabab bölmoqda. Xöş, old örindiqda ötirgan yölovçilarning ham xavfsizlik kamarini taqib olişlari şartligi qançalik asosli, çindan ham bu talabga zarurat bormi?
Köpçilik mutaxassislar hatto «xavfsizlik kamari nima uçun muhim?» degan savol berilişini ham noörin deb hisoblaşadi.
Statistik ma’lumotlarga köra, xavfsizlik kamaridan foydalaniş 75 foizgaça halokatli zararning oldini oladi.
Şuningdek:
- avtomobilning 40 km/soat tezlikdagi töqnaşuvi natijasida xavfsizlik kamarini taqmagan holda olingan zarba köp qavatli binoning 4-qavatidan yiqiliş bilan bir xil bölar ekan;
- avtomobilning yuqori tezlikdagi töqnaşuvida agar xavfsizlik kamari taqilmagan bölsa, oldingi örindiqda ötirgan haydovçilar va yölovçilarning atigi 20 foizi omon qolişadi;
- xavfsizlik kamari old va orqa örindiqlardagi yölovçilarning ölim xavfini old va yon töqnaşuvlarda 2 baravarga, ağdarilişda esa 5 baravargaça kamaytirişi isbotlangan;
- xavfsizlik kamaridan foydalaniş old örindiqdagi haydovçi va yölovçilar uçun ölim xavfi va jiddiy jarohatlarni 40-50 foizgaça, orqa örindiqdagi yölovçilar uçun 25 foizgaça kamaytiradi;
- 50 km / soat tezlikda ketayotgan avtomobilning töqnaşuvi natijasida old örindiqda ötirgan yölovçining boşi bilan old oynani sindirib, otilib çiqib ketiş xavfi yuqori va bunday holatlar 90 foiz holatlarda ölim bilan tugaydi.
AQŞ va Yevropa mamlakatlarida ham xavfsizlik kamarini taqiş majburiy talab sifatida belgilangan dastlabki davrlarda bu qoidani «inson huquqlariga navbatdagi hujum» sifatida qabul qilişgan (Bugun bizning Özbekistonda ham xavfsizlik kamarini taqişning majburiy etib belgilanişini ortiqça çeklov, jarima undirişning yangi vositasi sifatida tuşunuvçilar ham kam emas).
Xavfsizlik kamarining haqiqatan ham kerakligiga şubha bilan qarovçilar xavfsizlik kamari jiddiy avariyalarda haydovçi va yölovçilarning avtomobil oynasidan otilib çiqib ketgan holda omon qolişlarini çeklaşi, kamarning noqulayligi va erkin harakatçanlikni çeklaşi, avtomobil yonib ketganda xavfsizlik kamari avtomobilni tezda tark etişga imkon bermasligi, past tezlikda harakatlanganda xavfsizlik kamariga zarurat yöqligi kabi afsonalarni vaj qilib keltirişadi. Ammo bu vajlarning heç birida asos yöq.


















