Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
1 maydan boshlab Qirg‘izistonga kiruvchilardan manfiy PZR-test natijasini so‘rash bekor qilinadi
Mamlakatga chegara-o‘tkazuv punktlari va har qanday transport vositasi orqali kirib kelayotganlardan manfiy PZR-test natijasi yoki emlanganlik to‘g‘risidagi sertifikatni taqdim etish talab qilinmaydi.
Qirg‘iziston 1 maydan boshlab mamlakatga kirishda manfiy PZR-test to‘g‘risidagi hujjat taqdim etish talabini bekor qildi.
Xabar qilinishicha, mamlakat vazirlar mahkamasi raisi o‘rinbosari Edil Baysalov koronavirusga qarshi kurashish shtabi yig‘ilishini o‘tkazdi.
Yig‘ilishda respublikadagi epidemiologik vaziyat to‘g‘risidagi hisobot tinglandi.
Sog‘liqni saqlash vazirligiga 1 maydan boshlab Qirg‘iziston hududiga kirib kelayotgan mamlakat va xorij fuqarolaridan manfiy PZR-test natijasi yoki emlanganlik to‘g‘risidagi sertifikatni taqdim etish talabini bekor qilish topshirig‘i berildi.
Bundan tashqari, vazirlar mahkamasining navbatdagi yig‘ilishida mamlakatda favqulodda vaziyat rejimini joriy etish to‘g‘risidagi hukumat farmoyishini o‘z kuchini yo‘qotgan deb topish ko‘zda tutilmoqda.
Mavzuga oid
20:07 / 16.07.2026
Qamchibek Tashiyev 2027 yilgi prezidentlik saylovida ishtirok etishdan voz kechdi
20:21 / 10.07.2026
«Xitoy - Qirg‘iziston - O‘zbekiston» temiryo‘li qurilishi faol bosqichga o‘tdi
21:06 / 07.07.2026
Qirg‘izistonda uchish chog‘ida samolyotning shassisi sindi
20:20 / 06.07.2026