14:28 / 01.05.2022
45616

Ukrainaga kelgan Anjyelina Joli, kultepaga aylangan «Azovstal» hududi. Urush suratlari

30 aprel kuni, urushning 66-kunida Rossiyadagi TASS va RIA Novosti agentliklari Rossiya armiyasi qamalida qolayotgan Mariupoldagi «Azovstal» zavodidan tinch aholi vakillari evakuatsiyasi amalga oshirilgani haqida xabar berdi. Shu kuni Vladimir Putin DXR, LXR va «Ukrainaning ozod etilgan hududlari»dagi Ulug‘ vatan urushi faxriylariga 10 ming rubl (135 dollar atrofida) miqdorida bir martalik to‘lov amalga oshirish to‘g‘risida farmonini imzoladi. Aynan qaysi chegaralar nazarda tutilganiga aniqlik kiritilmagan. Kiyev oblasti politsiyasi Bucha yaqinida yangi ommaviy qabr topilgani haqida xabar berdi. OAVning yozishicha, Rim papasi Fransisk Mariupoldagi tinch aholi vakillarini evakuatsiya qilishni so‘rab, Putinga uch marta murojaat qilgan. Uch safar ham unga rad javobi berilgan.

Aktrisa Anjyelina Joli Lvovdagi ukrainalik bolalar bilan, u bu yerga BMTning qochqinlar masalari bo‘yicha elchisi maqomida kelgan.
Maksym Kozutsky / Lviv City Hall / EPA / Scanpix / LETA

Ukrainadagi urushning 66-kunida ro‘y bergan asosiy ma’lumotlar

  • Ukraina bosh shtabi Xarkov atrofidagi uch qishloq ozod etilgani haqida xabar berdi. Shanba kuni frontning boshqa yo‘nalishlaridagi harakatlar haqida xabar berilmagan. 
  • Rossiyalik harbiylar Odessa aeroportiga raketa zarbalari yo‘llagan. Hujum oqibatida aeroportning uzoq vaqt davomida qurilgan va bir yil oldin foydalanishga topshirilgan uchish-qo‘nish yo‘lagi butunlay ishdan chiqqan. 
  • Shanba kuni qamaldagi Mariupol shahridagi «Azovstal» zavodi hududidan 20 nafar ayollar va bolalar evakuatsiya qilindi - bu haqda «Azov» polki komandiri o‘rinbosari Svyatoslav Palamar videomurojaatida ma’lum qildi. Undan avvalroq RIA Novosti agentligi «Azovstal» hududidan tinch aholi vakillari bo‘lgan 25 kishi, jumladan olti nafar bola olib chiqilgani haqida xabar bergandi. Palamarning so‘zlariga ko‘ra, shu kuni soat 11 dan Mariupolda o‘t ochishni to‘xtatish rejimi amal qilgan. 
  • Ukraina vitse-premeri Irina Vereshchuk asirlarning navbatdagi almashinuvi haqida xabar berdi, bu orqali 14 nafar ukrainalik uyiga qaytarilgan: yetti harbiy va tinch aholi vakillarining yetti nafar vakili, jumladan homilador ayol. 
  • Ukraina qishloq xo‘jaligi vazirligi Rossiyani Ukrainaning bosib olingan hududlaridan bir necha yuz ming tonna bug‘doyni o‘g‘irlab olib ketishda aybladi. 
  • Belgorod oblasti gubernatori hudud osmonida ukrainlar harbiy samolyoti qayd etilganini xabar qildi. Samolyot havo hujumidan mudofaa tizimi orqali o‘qqa tutilishi natijasida qishloqlardan birining hududiga ikki snaryad tushgan. 
  • Lvovga Anjyelina Joli keldi. BMT elchisi bo‘lgan aktrisa vokzalda Donbassdan kelgan qochqinlar bilan uchrashdi, shuningdek ko‘ngillilar va shifokorlar bilan uchrashdi. Uning tashrifi vaqtida Lvovda havo hujumidan ogohlantiruvchi trevoga yangradi.

Donbass shimoli

Ukrainalik askarlar Kramatorsk yaqinidagi front chizig‘ida olib borilgan ikki oylik janglardan keyin dam olish hududiga olib ketilmoqda
Yasuyoshi Chiba / AFP / Scanpix / LETA
Dam olish hududiga ketayotgan ukrainalik harbiy. Foto: Yasuyoshi Chiba / AFP / Scanpix / LETA
Tashlab ketilgan binoda hordiq chiqarayotgan ukrain askari. Foto: Yasuyoshi Chiba / AFP / Scanpix / LETA
Ukrainalik harbiylar tashlab ketilgan uyda o‘zlariga yotoq joyi tayyorlashmoqda, ularga ikki oylik janglardan keyin dam berilgan
Yasuyoshi Chiba / AFP / Scanpix / LETA
Keksa ayol o‘z uyi yerto‘lasida choy ichmoqda, Ukraina sharqidagi Liman shahri
AP Photo/Evgeniy Maloletka

Lvov 

Hududiy mudofaa qismlari obektida ko‘ngillilar tayyorgarlikning birinchi bosqichini o‘tashmoqda — hozircha ularga o‘qotar qurollar berilmagan.
Leon Neal / Getty Images

Zaporojye 

Zaporojye aholisi gumanitar yordam olmoqda. Urush boshidan buyon Zaporojyega Ukraina janubidagi Rossiya armiyasi tomonidan bosib olingan hududlardan minglab odamlar qochib kelgan. Foto: Roman Pilipey / EPA / Scanpix / LETA

Xarkov 

Xarkov yaqinidagi qishloqda topilgan mahalliy aholi vakili jasadi. Bu qishloq yaqinda ukrain armiyasi tomonidan ozod etilgan, ammo rossiyaliklarning bombardimonlari davom etmoqda. Foto: Felipe Dana / AP / Scanpix / LETA
Rossiya harbiylari zarbalari vaqtida bombapanagoh vazifasini o‘tovchi yerto‘laga kirish joyi. Xarkov yaqinidagi bu qishloq shu kunlarda Ukraina qurolli kuchlari tomonidan jang qilib olindi. Foto: Felipe Dana / AP / Scanpix / LETA
Ukrainalik harbiy xizmatchi Rossiya harbiylarining qishloqqa hujumi vaqtida bombapanagoh sifatida foydalanilgan yerto‘lada mahalliy aholi vakili bilan gaplashmoqda. Foto: AP Photo/Felipe Dana

Chernigov 

Chernigov atrofida yashovchi mahalliy aholi vakili Rossiya bosqini vaqtida o‘qqa uchragan binoda
Zohra Bensemra / Reuters / Scanpix / LETA
Chernigov oblastida yashovchi 77 yoshli ayol. U endi shahar atrofidagi volontyorlar markazida yashaydi va har kuni velosipedda ishg‘ol vaqtida zarbaga uchragan uyidan butun narsalarini tashiydi. Foto: Zohra Bensemra / Reuters / Scanpix / LETA

Kiyev oblasti

Buchadagi harbiy texnikalar qoldiqlari orasidan o‘tib ketayotgan odamlar
AP Photo/Emilio Morenatti
Kiyev markazidagi bar terrasasida suhbatlashayotgan odamlar
AP Photo/Emilio Morenatti

Mariupol

Temiryo‘l vokzalidagi vayrongarchiliklar
Maxar Technologies / Reuters / Scanpix / LETA
«Azovstal» metallurgiya zavodi hududining yuqoridan ko‘rinishi, zavod ostidagi bombapanalarda yuzlab tinch aholi vakillari yashiringan, hudud ukrain harbiylarining kichik guruhi tomonidan mudofaa qilinmoqda. Foto: Maxar Technologies / AFP / Scanpix / LETA
Gumanitar yordam uchun navbat
Maxar Technologies / AFP / Scanpix / LETA
Mariupol yaqinidagi Vinogradnoye qishlog‘idagi qabriston, uning atrofida o‘ziyurar artilleriya tizimlari o‘rnatilgan
Maxar Technologies / Reuters / Scanpix / LETA

 

Mavzu
Rossiya-Ukraina urushi
2022 yil 22 fevral kuni Rossiya Ukraina chegarasidan o‘tib, qo‘shni mamlakatga bostirib kirdi. Ukraina armiyasi jang taklif qildi.
Barchasi
Top