Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Alisher Usmonov Yevropa kengashini sudga berdi
Usmonov Yevrokengashning unga nisbatan cheklov choralari kiritish to‘g‘risidagi qarorini bekor qilishni va sud hukmiga qadar cheklov choralari ijrosini to‘xtatib turishni talab qilmoqda.
Rossiyalik tadbirkor Alisher Usmonov Yevroittifoq sanksiyalar ro‘yxatiga kiritilgani uchun norozilik bildirib Yevropa sudiga da’vo arizasi berdi. Bu haqda sud matbuot xizmatiga tayanib TASS xabar berdi.
"Janob Alisher Usmonovning Yevropa kengashiga qarshi arizasi 29 aprel kuni berilgan. Da’vogar kengashning unga nisbatan cheklov choralari kiritish to‘g‘risidagi qarorini bekor qilishni va sud hukmiga qadar cheklov choralari ijrosini to‘xtatib turishni talab qilmoqda", - deb ma’lum qilgan sud matbuot xizmati.
Ushbu da’vo bo‘yicha tinglovlar qachon bo‘lib o‘tishi ma’lum qilinmagan.
28 fevral kuni Yevropa kengashi Alisher Usmonovni sanksiyalar ro‘yxatiga kiritgandi. U va “qora ro‘yxat”ga kiritilgan rossiyalik boshqa shaxslarga YeIga kirish taqiqlangan hamda ularning YeIdagi aktivlari muzlatilgan.
Mavzuga oid
08:22 / 19.06.2026
Yevroittifoq Rossiyaga qarshi sanksiyalarni ilk bor bir yilga uzaytirdi
09:45 / 17.06.2026
Braziliya sobiq prezidentining o‘g‘li qamoq jazosiga hukm qilindi
09:20 / 17.06.2026
G7 sammiti: Rossiya nefti va gaziga qarshi yangi sanksiyalar tayyorlanmoqda
08:33 / 05.06.2026