Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Donbassda yong‘inlar, Mariupolda janglar davom etmoqda. Urush suratlari
Urushning 70-kuni o‘tdi. Rossiyalik harbiylar Mariupoldagi «Azovstal» zavodi hududiga bostirib kirishgan. Shturmdan oldinroq hudud o‘qqa tutilgan. Sumi oblastidagi Konotop shahri meri Moskva patriarxatining Ukrainadagi pravoslav cherkovi faoliyatini taqiqladi va bu cherkov mamlakat milliy xavfsizligiga tahdid solishini bildirdi. Yevrokomissiya Rossiyaga qarshi sanksiyalarning oltinchi paketini anons qildi, unga ko‘ra Rossiya neftiga embargo qo‘yilishi mumkin. Kremldagilar umummilliy safarbarlik ehtimolini rad etishmoqda.
Alexei Alexandrov / AP / Scanpix / LETA
Ukrainadagi urush. So‘nggi ma’lumotlar
- O‘tgan tunda frontda jiddiy o‘zgarishlar kuzatilmadi. Mariupolda “Azovstal”ni aviatsiya vositasida shturm qilish davom etmoqda.
- Tunda Kramatorsk aviaraketalar zarbasiga uchradi, Donetsk oblasti harbiy ma’muriyati rahbari Pavel Kirilenkoning xabar qilishicha, bu hujum natijasida turar joy binolariga shikast yetib, tinch aholi vakillaridan kamida 25 kishi halok bo‘lgan.
- Payshanba kuni BMT Xavfsizlik kengashining Ukraina bo‘yicha navbatdagi yig‘ilishi o‘tkaziladi. Unga shu oydan kengash rahbarligini egallagan AQSh raislik qiladi.
- New York Times gazetasi o‘z manbalariga asoslangan holda, ukrainlar Amerika razvedka ma’lumotlariga asoslangan holda ko‘plab rossiyalik generallarni o‘ldirgani haqida yozdi. Shu bilan birga nashr manbalari qayd etishicha, 30 aprel kuni Izyumdagi qo‘mondonlik punktiga zarba berishda bunday yordamga tayanilmagan. Tasdiqlanmagan ma’lumotlarga ko‘ra, bu punktga zarba berilishidan oldinroq Rossiya bosh shtabi boshlig‘i, armiya generali Valeriy Gerasimov shu yerda bo‘lgandi.
- Belgorod oblasti gubernatori Ukraina hududidan turib ikki qishloq o‘qqa tutilgani haqida xabar berdi. Jabrlanganlar to‘g‘risida xabar berilmagan.
Donetsk
Petr Kovalev / TASS
AP / Scanpix / LETA
Petr Kovalev / TASS
Lvov
Yuriy Dyachyshyn / AFP / Scanpix / LETA
Pavlo Palamarchuk / Reuters / Scanpix / LETA
Leon Neal / Getty Images
Yasuyoshi Chiba / AFP / Scanpix / LETA
Yasuyoshi Chiba / AFP / Scanpix / LETA
Alexei Alexandrov / AP / Scanpix / LETA
Gleb Garanich / Reuters / Scanpix / LETA
Mavzuga oid
16:09 / 29.08.2025
Kiyevga Rossiya zarbasi oqibatlari – fotosuratlar
15:57 / 18.08.2025
Vashingtondagi uchrashuv arafasida Rossiya Xarkivga zarba berdi – fotosuratlar
17:12 / 31.12.2024
Rossiya va Ukraina o‘rtasida asirlar almashuvi - fotosuratlar
13:53 / 30.12.2024