Samarqand şahrida, fuqaro xöroz uruştiriş uçun öz uyida oçgan arenada tezkor tadbir ötkazildi. Viloyat IIB va DXX xodimlari ötkazgan tadbirda arenaga kiriş uçun 220 kişining har biridan 30 ming sömdan pul olgan bir guruh şaxslar qölga olindi.
Viloyat IIB xabariga köra, bu şaxslar tomonidan qimorga tikilgan qariyb 2 mln söm pul aşyoviy dalil sifatida hujjatlaştirib olingan. Ma’lum qilinişiça, arena 2016 yilda oçilgan, 2020 yildan “Samarqand milliy an’ana” oilaviy korxonasi sifatida faoliyat olib borgan.
Öyinlar davomida taşkilotçi, pul yiğuvçi (kassir), pullik xizmatçi, iş yurituvçi va qöriqçi faoliyat körsatgan. Taşkilotçi qamoqqa olinib, tergov boşlangan.
Bu tezkor tadbir muhokamalarga sabab bölgaç, Kun.uz muxbiri yozuvçi Karimberdi Töramurod, Samarqand viloyati IIBB matbuot kotibi Jahongir Sa’dullayev va huquqşunos-bloger Xuşnudbek Xudoyberdiyevning fikrlari bilan qiziqdi.
— Karimberdi aka, siz şu viloyatda yaşaysiz, bu lavhani ham körgan bölişingiz kerak. Mulohazalaringiz bilan örtoqlaşsangiz.

Foto: Facebook
— Oçiği, men şokdaman! Javobim kulgili tuyilmasin. Bir neça xörozni uşlaş uçun içki işlar qöşinlari, terrorizmga qarşi kuraş bölimi hamda DXX jangçilari jalb etilgan!
Bir narsaga hayronman: Nega şunday olamşumul operatsiyaga Samarqand garnizoni harbiylari, ayniqsa, Samarqanddagi tank qöşinlari jalb qilinmadi?
Musodara qilingan xörozlarning taqdirini taxmin qilyapman, ammo qölga kiritilgan juda köp miqdordagi pullarning: hazilmi, naqd 1 million 995 ming sömning (!) taqdiridan xavotirdaman! Qiziq, tepada sanalgan idoralarga bu operatsiya qançaga tuşdi ekan? Qölga kiritilgan xörozlar va pullar bu xarajatlarni qoplarmikan?
Eng qiziği, uyida “xörozlar jangi”dek taqiqlangan va qonli tomoşa körsatiladigan amfiteatr qurgan odam öşa hudud uçastka nozirining qöşnisi ekani aytilmoqda. Savollar tuğiladi-da: Közi ojiz odamni qanday qilib “uçastkavoy”likka qöyişgan? Közi kör bölmasa, nega şunça vaqt arenani körmagan?
Bir filmda aytilganidek: “Savol beriş oson, ammo javob beriş qiyin”. Masalan, Samarqand viloyat IIB 4-5 ta xörozni ÖZ KUÇI BILAN tutolmasmidi?
Bor-yöği xöroz uriştiruvçilar yiğilgan joyga şunça maskadagi qora kiyimlilar bostirib borişi şartmidi? Axir men öşa yerda bölsam, aniq yuragim yorilib ölardim. Böğoz ayol bölsa, aniq bola taşlardi. Agar IIB 4-5 ta xörozni uşlaşga kuçi yetmasa, IIB safiga xöroz tuta oladigan 5-6 sinf bolalarini olişlari şart!
— Jahongir, Samarqand viloyati içki işlar xodimlari tomonidan uyuştirilgan xörozbozlarga qarşi reydga nima uçun DXX vakillari ham jalb qilingan? Taqiqlangan bölsa ham azaldan bölgan milliy öyinda qanday milliy tahdid bor?

— Mavzu muhokamasiga ötişdan oldin bir fikr bersam. Qimorning yakuni falokat yoki ölim bölgan berk köça. Barçamiz içimizda özimizga savol beraylik, siz şu kabi joylarga farzandingizning borişini yoki qatnaşişini istarmidingiz?
Savolga kelsak, bilasizmi, fuqarolar xavfsizligi, yurt osoyiştaligini ta’minlaş, jinoyatçilikning oldini olişda hamkorlik, özaro ma’lumot almaşiş muhim omil hisoblanadi. Şu sabab Samarqand viloyati hududida ötkaziladigan tezkor tadbirlar, profilaktik tadbirlar yoki reydlar faqatgina bir taşkilot, ya’ni IIB tomonidan emas, balki viloyatdagi huquqni muhofaza qiluvçi organlar hamkorligida ötkazib kelinadi. Bu yerda faqatgina xörozbozlar emas, rasmiy sahifalarimizni kuzatsangiz, deyarli barça tadbirlarimiz DXX yoki prokuratura organlari bilan hamkorlikda ötkaziladi. Aynan xörozga urğu beriş xato deb öylayman. Hattoki tungi va kunduzgi reydlarimiz ham hamkorlikdagi rejalar asosida ötkaziladi.
Qanday tahdid bor deganingizga kelsak, har bir jinoyat bu jamiyat uçun, fuqarolar uçun tahdid. Biz şu tahdidlarning oldini oliş yoki ularga barham berişga mas’ulmiz. Bu ayrimlar uçun bir qaraşda kulgili yoki oddiy holat kabi körinsa-da, bu kabi qimorxonalarni jamiyat uçun juda xavfli deb hisoblayman. Sababi bu kabi qimorxonalar aniqlangandan söng, u yerda 300 dan hatto 1000 ga yaqin odamlar borligi, açinarlisi ular orasida baloğatga yetmaganlar ham mavjudligi ma’lum böladi. Yoşligidan hayvonni qiynalişi uçun pul tikadigan boladan katta bölganda nima kutiş mumkin?
Köpinça qimorxonalarda tezkor ma’lumotlar bazalarida röyxatda turgan, qidiruvdagi şaxslar, jinoyat sodir etişga moyil fuqarolar ham aniqlanadi. Ularni tekşiriş davomida haqiqatan ham qidiruvdagilar, yonida giyohvand moddalar, ötkir tiğli jismlar saqlab yurganlar aniqlanib, sodir etilişi mumkin bölgan bir qator jinoyatlarning oldi olinadi.
Misol tariqasida aytişim mumkin, 2021 yilda viloyat hududida jami 10 ta qimorxona taşkil etiş bilan boğliq jinoiy faktlar aniqlangan bölib, şundan 3 ta holatda xöroz uriştiriş arenasi taşkil etiş orqali qimorxona faoliyati yölga qöyilgan. Endi e’tibor bering, şu arenalarda 1000 ga yaqin, aniq aytadigan bölsak, 987 nafar fuqaro aniqlanib, ulardan 44 ta ötkir tiğli jism, 145 gramm har xil turdagi giyohvandlik moddalari hujjatlaştirib olingan. Masalan, 2021 yil 8 fevral kuni Kattaqörğon şahrida yirik qimorxona faoliyatiga çek qöyilgan. Unda 3 nafar fuqaroning çöntaklaridan marixuana giyohvandlik moddalari borligi aniqlanib, rasmiylaştirib olingan.
“Milliy xalq öyinlari” niqobi ostida örtaga pul tikib parranda va hayvonlarni uriştiruvçi fuqarolarning borligi açinarli. Bunday hollarda ularning maqsadi hayvonlarga şafqatsizlarça muomalada bölib, köproq moddiy boylik orttirişni közda tutadi. Hatto, hayvonlarni ölgunga qadar uriştiriş turlari ham bor. IIB va DXX hamkorligida ötkazilgan uşbu tadbirdagi holat azaliy milliy öyinlarimizdan farq qiladi, milliy öyin va qimorxona taşkil qilişni özaro farqlay bilişimiz lozim. Biz ötkazgan uşbu tadbirda fuqaro uyida taşkil qilgan xöroz arenasiga kiruvçilardan 25-30 ming sömdan pul olgan. Öyinlar davomida taşkilotçi, “çötal” yiğuvçi, ya’ni kassir, kunlik xizmatçi, iş yurituvçi va qöriqçilar ham faoliyat yuritgan. Uşbu qimorxona taşkilotçisiga nisbatan Jinoyat kodeksining 278-moddasi bilan jinoyat işi qözğatilgan.
— Xuşnudbek, huquqşunos sifatida aytsangiz, nima uçun köpkari milliy öyin, qadriyat sifatida uluğlanadi-yu, xöroz uriştiriş ta’qib qilinadi?

Foto: Facebook
— Javoblarimni umumlaştirişga harakat qilaman, çunki buning sabablari köp hamda öyinlarning tarixiy ildizi va milliy qadriyatlarga boğliq. Boşqa tomondan bu ikki tadbirning ötkaziliş formati ham muhim. Tarixiy ildizlarga qarasak, azal-azaldan ot yigitning yöldoşi bölgan. Otda çopiş, çavandozlik, epçillik kabi xislatlar bilan birga afsonalarda ham ular yonma-yon kelgan. Alpomiş, Göröğli yoki Ravşanning otini misol qilib keltirsak böladi. Diyorimizda erkak kişining xörozi bölsin degan naql yöq. Lekin yigit kişining oti bölsin, ot minişni bilsin, degan qaraşlar bor.
Ötkaziliş formati – eng nozik qismi. Xöroz uriştiriş – bu qimor. Bu yerda insonlarning soğligi, jasurligi ahamiyatga ega emas. Çunki bunda odamlarning özi iştirok etmaydi. Jonzotlarni jangga tayyorlaşadi va ularni uriştirib qöyib, hamma tomoşa qiladi. Buning ortida esa qimor yotadi, ya’ni pul tikiladi. Xöroz uriştiriş sport emas.
Köpkarida örtaga sovrin musobaqa taşkilotçilari tomonidan yoki töyda bölsa, töy egalari tomonidan qöyiladi. Bunda qimor aralaşmaydi, unda qatnaşiş uçun badal puli tölamaysiz. Stavka qilinmaydi. Stavka qiladiganlar ham bordir. Lekin azaldan bu narsa bölmagan, çavandozlar, polvonlar halollik ramzi bölib kelgan. Şuning uçun unga qimor aralaşmagan. Xöroz uriştiriş esa qimor. Bu jinoiy nuqtayi nazaridan ham tasdiqlangan.
Nega içki işlar xöroz uriştirilayotgan joyga borib hammani uşlaydi-yu, köpkarida bunday qilmaydi? Çunki birinçisi yaqqol qimor. Köpkari esa sport musobaqasi. Köpkari insonlarni, çavandozlarni soğlom turmuş tarziga çorlaydi. Albatta, bu xavfli, jarohat olişi mumkin. Lekin xavf nuqtayi nazaridan istalgan yakkakuraş bahslarida jarohat oliş holatlari böladi. Bu yerda yigit kişining jasurligi yotadi. Xöroz uriştirişda siz nimjon va heç qaçon sport bilan şuğullanmagan bölişingiz va şu xöroz uriştiriş – qimor ortidan pul topib yurişingiz mumkin. Mana şular menimça xalqimizda ikki holatga turliça munosabatni şakllantirgan bölsa kerak.
Qonun nuqtayi nazaridan bu aniq, muhokamaga hojat ham yöq. Köpkari qimor emas, lekin unda ham qimor qiliş mumkin. Ammo biz bilgan köpkarilarda qimor alomatlari yöq. Xöroz uriştiriş esa qimor, unda stavka qilinadi va buning qonunçilikda javobgarligi ham aniq.
— Jahongir, Karimberdi aka aytganidek, yuzlab kişining bir davra atrofida birlaşib xöroz uriştirişidan nafaqat öşa hudud “uçastkovoyi”, balki kattaroq rahbarlar ham boxabar bölmasliklari ilojsiz. Nega lavhada faqat xörozbozlarga nisbatan çoralar haqida gap ketadi-da, içki işlar xodimlariga qöllangan çoralar haqida gap-söz yöq?
– Töğri aytasiz. Bu kabi faktlarni ijtimoiy tarmoqlarda yoritgan vaqtimizda tarmoqdagilar tomonidan “nahotki şu qimorxonani profilaktika inspektori körmagan bölsa” yoki “u ham xayrixoh” deb, fikrlar bildiriladi. Jinoyatlarni şartli ravişda sodir etilganidan söng foş etiladigan (bosqinçilik, qotillik, öğrilik va boşqalar) va taşabbus bilan aniqlanadigan kabi turlarga ajratadigan bölsak, yuqoridagi kabi tadbirlarimizning aksariyati aynan profilaktika inspektorlarining ma’lumotlari asosida ötkaziladi. Xuddi şunday, biz muhokama qilayotgan tadbir ham hudud profilaktika inspektorining xabari asosida ötkazilgan.
Bu turdagi jinoyatlar bevosita içki işlar organlarining taşabbusi bilan aniqlanadigan jinoyatlar sirasiga kiradi. Agar profilaktika inspektorining hududida oldi olinişi mumkin bölgan turdagi jinoyatlar sodir etilsa, albatta xizmat tekşiruvi tayinlanib, uning harakati yoki harakatsizligiga huquqiy baho berilib, şaxsiy tarkib örtasida muhokama qilinadi. Yoki tizimimizdagi şaxsiy xavfsizlik xodimlari tomonidan bu kabi holatlarga xodimlarning aloqadorligi, xayrixohligi aniqlansa, tezkor tadbir ötkazilib, xodimlarning harakatlariga baho beriladi.
Misol tariqasida, ötgan yili mahallasida oldini oliş mumkin bölgan jinoyatlarning profilaktikasini yetarli darajada olib bormagan köplab profilaktika inspektorlari intizomiy jazolangan, lekin qimorxona taşkil qiliş, fohişaxona saqlaş, umuman “qanotim ostiga olaman”, “krişovat qilaman” degan holatlar aniqlanmagan. Ya’ni ötkaziladigan har bir tezkor tadbir oldidan u töğrisida obdon ma’lumotlar olinadi, tahlil qilinadi, tadbir tayyorlanadi. Xodimmi yoki boşqa taşkilotlar amaldorlarimi bu işlarga aloqadorligi şu vaqtning özida yuzaga çiqadi va aloqadorlar ham çetda qolib ketmaydi. Qonun ustuvor, jazo muqarrar.
Sözimni yakunida feysbukdagi sahifamga uşbu tadbir lavhasini qöyganimda közga köringan, jamiyat hayotida faol bölgan, ortida minglab muxlislari bölgan bir yozuvçining uşbu jinoyatga e’tiborsizlarça munosabatda bölib, göyoki arzimas, kam ahamiyatli qilmiş sifatida baholaşi mening qalbimni junbuşga soldi.
Hozirgi zamon bizni sodir etilgan har qanday ğayriijtimoiy harakat yoki jinoyatga (uning oğirlik darajasidan qat’i nazar) favqulodda holat sifatida munosabatda bölişimizni talab etadi. Kim uçundir arzimas köringan mazkur jinoyatlarni öz vaqtida barvaqt oldi olinib, ildiziga bolta urilmas ekan, kelgusida turli öta oğir uyuşgan jinoyatlarning bolalaşi uçun zamin yaratadi.
Islom dini qimorni qattiq qoralagani va yuqoridagi fikrlarimiz “xöroz uriştiriş arenasi” (qimorxona)ni kulgu va arzimas hodisaga yöyayotganlarning fikrlariga, bu mavzudagi bahslarga nuqta qöyadi deb umid qilaman.
Abror Zohidov suhbatlaşdi.












