Energiya ta’minotida tabaqalashtirilgan tariflarga o‘tiladi
O‘zbekistonda elektr energiyasi va tabiiy gaz bo‘yicha ijtimoiy iste’mol normasi kiritiladi. Energetika vaziri o‘rinbosarining so‘zlariga ko‘ra, bu norma maishiy iste’molchilarning aksariyatini qamrab qoladi. Shu tariqa, sezilarli ko‘p energiya sarflaydigan aholining kam sonli o‘ziga to‘q qismiga budjetdan subsidiya to‘lashga barham berilishi mumkin.
O‘zbekistonda maishiy iste’molchilarining aksariyati joriy etilishi kutilayotgan ijtimoiy normadan oshmagan miqdorda energiya ta’minotidan foydalanadi. Bu haqda energetika vaziri o‘rinbosari Sherzod Xo‘jayev 12 may kuni jurnalistlar bilan uchrashuvda ma’lum qildi, deya xabar bermoqda Kun.uz muxbiri.
“Tabaqalashtirilgan tariflarni joriy qilishimiz xudo xohlasa respublika miqyosida bo‘ladi. Test rejimida emas. [Tizim] to‘liq ishga tushiriladi. Barcha hududlar uchun yagona tarif siyosati saqlanib qoladi.
Hozirgi vaqtda aytishim mumkinki, aksariyat iste’molchilarning iste’mol hajmi oshirilgan tarifga emas, balki bazaviy tarifga to‘g‘ri keladi”, – dedi Xo‘jayev.
Vazir o‘rinbosari norma doirasidagi kvotalar miqdori qanchaligi va tabaqalashgan tariflar qachondan joriy qilinishini ochiqlamadi. Qayd etish lozim, energiya iste’molida ijtimoiy norma kiritish 2022 yilgi davlat dasturiga kiritilgan.
Eslatib o‘tamiz, elektr energiyasi va tabiiy gaz iste’molining bazaviy normasi bo‘yicha 2019-2020 yillarda Toshkentning Yunusobod tumanida eksperiment o‘tkazilgan edi. Tajriba tariqasidagi aholi iste’molchi uchun bazaviy norma quyidagicha belgilangandi:
- elektr energiyasi bo‘yicha: oyiga bir abonentga 300 kVt.soat;
- tabiiy gaz bo‘yicha: isitish mavsumi davrida yakka tartibda isitiladigan uylar va kvartiralarda yashaydigan bir abonentga oyiga 1000 kub.m; boshqa holatlarda bir abonentga oyiga 250 kub.m.
Eksperiment doirasida yuqoridagi kvotadan ortiq ishlatilgan elektr energiyasi va tabiiy gaz uchun bazaviy tarifga nisbatan 20 foiz oshirilgan miqdorda narxlar belgilangandi.
Ma’lumot uchun, O‘zbekistonda elektr energiyasi va tabiiy gaz tannarxidan sezilarli past narxlarda uy xo‘jaliklariga yetkazib beriladi, o‘rtadagi farq davlat budjetidan subsidiya ajratish tarzida qoplanadi.
Iqtisodchilarga ko‘ra, bunday subsidiyalash tizimi ijtimoiy adolat mezonlariga zid. Chunki subsidiyalar barcha uchun birdek to‘lanadi, amalda esa aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj bo‘lmagan kam sonli o‘ziga to‘q qatlami boshqalarga nisbatan sezilarli ko‘p energiya iste’mol qiladi, shu sabab subsidiyalardan ancha ko‘proq foydalanadi.
Tavsiya etamiz
«Credit House» ishi: Minglab odamlar uysiz va pulsiz qolyapti
O‘zbekiston | 12:30 / 13.03.2025
«Quvur operatsiyasi»: ruslar uni «urushdagi burilish nuqtasi» deyishmoqda
Jahon | 23:40 / 11.03.2025
Amaldorlar “mahalliy” xizmat avtomobillariga o‘tkazilmoqda
O‘zbekiston | 16:34 / 11.03.2025
Firibgarlar o‘g‘irlagan pullarni qaytarib bo‘lmaydimi?
O‘zbekiston | 15:27 / 11.03.2025
So‘nggi yangiliklar
-
«Rossiyaning navbatdagi manipulyatsiyalari». Zelenskiy Putinning o‘t ochishni to‘xtatish taklifiga bergan javobini izohladi
Jahon | 01:23
-
Misr Isroil va HAMASga 60 kunlik sulh bo‘yicha yangi rejani taklif qildi
Jahon | 00:41
-
Indoneziya prezidenti korrupsionerlar uchun qamoqxona qurilishini e’lon qildi
Jahon | 23:54 / 13.03.2025
-
Tramp Putinning o‘t ochishni to‘xtatish borasidagi bayonotini «umidbaxsh, lekin to‘liq emas» deb atadi
Jahon | 23:23 / 13.03.2025
Mavzuga oid

12:30 / 06.03.2025
Qariyb 200 mln so‘mlik gazni talon-toroj qilgan kafe egasi ushlandi

12:22 / 06.03.2025
376 mln so‘mlik gazdan noqonuniy foydalanish holati fosh etildi

10:39 / 06.03.2025
Maishiy xizmat ko‘rsatish binolarida 246 mln so‘mlik gazdan noqonuniy foydalanildi

16:03 / 05.03.2025