OTMlarga qabul kvotalarini belgilashga oid qaror loyihasi e’lon qilindi
OTMlarga qabul kvotalarini tasdiqlash to‘g‘risidagi qaror loyihasi e’lon qilindi. Qaror loyihasida joriy yildan O‘zbekistonda ilk marta masofaviy ta’lim shakli uchun ham alohida kvotalar ajratilishi belgilangan.

Foto: KUN.UZ
Qaror loyihasiga ko‘ra, 2022/2023 o‘quv yili uchun:
a) bakalavrlar tayyorlash bo‘yicha:
- kunduzgi ta’lim shakliga —76 728 nafar;
- sirtqi ta’lim shakliga — 27 365 nafar;
- kechki ta’lim shakliga — 2 575 nafar;
- masofaviy ta’lim shakliga— 3 610 nafar;
b) magistrlar tayyorlash bo‘yicha — 11 082 nafar;
v) xorijiy oliy ta’lim tashkilotlari va ularning filiallari hamda nodavlat oliy ta’lim tashkilotlarida davlat granti asosida kadrlar tayyorlash bo‘yicha — 100 nafar kvota ajratiladi.
Qayd etilishicha, filiallar va nodavlat oliy ta’lim tashkilotlariga ajratilgan 100 nafar grantlarning buyurtmachisi sifatida Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi belgilanadi.
Belgilanishicha, moliyaviy va akademik mustaqillik berilgan OTMlarning Kuzatuv kengashlari bir hafta muddatda oliy ta’lim muassasalariga to‘lov-kontrakt asosidagi qabul parametrlarini tasdiqlaydi.
Bunda, to‘lov-kontrakt asosidagi qabul parametrlari soni mos yo‘nalishga belgilangan davlat granti asosidagi qabul parametrlaridan kamida ikki barobar ko‘p bo‘ladi.
Shuningdek, loyihada magistraturada o‘qiydigan xotin-qizlarning kontrakt puli qay tarzda qoplab berilishi ham ko‘rsatilgan.
- 2021/2022 o‘quv yilida respublika davlat oliy ta’lim muassasalari magistraturasiga talabalikka qabul qilinib, to‘lov-kontrakt asosida tahsil olayotgan xotin-qizlarning 2022/2023 o‘quv yili uchun;
- 2022/2023 o‘quv yilidan boshlab, respublika davlat oliy ta’lim muassasalari magistraturasiga ajratilgan qabul parametrlari doirasida bazaviy to‘lov-kontrakt asosida talabalikka qabul qilingan xotin-qizlarning o‘qishi uchun kontrakt to‘lovlari davlat budjetidan qoplab boriladi.
Tavsiya etamiz
«Credit House» ishi: Minglab odamlar uysiz va pulsiz qolyapti
O‘zbekiston | 12:30 / 13.03.2025
«Quvur operatsiyasi»: ruslar uni «urushdagi burilish nuqtasi» deyishmoqda
Jahon | 23:40 / 11.03.2025
Amaldorlar “mahalliy” xizmat avtomobillariga o‘tkazilmoqda
O‘zbekiston | 16:34 / 11.03.2025
Firibgarlar o‘g‘irlagan pullarni qaytarib bo‘lmaydimi?
O‘zbekiston | 15:27 / 11.03.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Hafta oxirida havo iliq bo‘lishi kutilmoqda
O‘zbekiston | 12:37
-
Surxondaryoda 3 kishining o‘limiga sababchi bo‘lgan haydovchi 9,5 yilga qamaldi
O‘zbekiston | 12:23
-
Toshkentda bir kunda belgilanmagan joyga chiqindi tashlaganlarga 11 mln so‘m jarima qo‘llandi
O‘zbekiston | 12:06
-
IHeS Ukrainani 2014 yil mayida Odessadagi odamlar o‘limida qoraladi
Jahon | 12:03
Mavzuga oid

10:03 / 01.01.2025
1 yanvardan kambag‘al oilalar farzandlari davlat bog‘chalariga imtiyozli asosda qabul qilinadi

14:50 / 06.08.2024
Magistratura uchun rad etilgan arizalarni tahrirlashga qo‘shimcha muddat berildi

11:00 / 01.08.2024
1-sinf uchun mikrohududdan tashqari maktablarga qabul boshlandi

14:56 / 01.07.2024