Turkiya yana bir bor talablari bajarilmagunicha Shvetsiya va Finlandiya NATOga kira olmasligini bildirdi
25 may kuni Anqarada Turkiya, Shvetsiya va Finlandiya delegatsiyalari o‘rtasida muzokaralar bo‘lib o‘tdi.
Turkiyaning talablari qondirilmagunicha Finlandiya va Shvetsiyaning NATOga kirishi to‘g‘risida hech qanday gap bo‘lishi mumkinmas, dedi Turkiya prezidenti matbuot kotibi Ibrohim Qalin.
25 may kuni Anqarada Turkiya, Shvetsiya va Finlandiya delegatsiyalari o‘rtasida muzokaralar bo‘lib o‘tdi.
«Turkiyaning xavotirlari aniq harakatlar vositasida va ma’lum muddat ichida yechim topmaydigan bo‘lsa, jarayon [Shvetsiya va Finlandiyaning NATOga a’zo bo‘lishi] oldinga siljimasligini ochiq-oydin anglatdik», — dedi Qalin.
Shvetsiya va Finlandiya 18 may kuni NATOga a’zo bo‘lish uchun ariza bergandi. Arizani dastlab NATO kengashi ko‘rib chiqadi, so‘ngra kelishuvni alyansga a’zo 30 davlatning barchasi ratifikatsiya qilishi lozim.
Turkiya Shvetsiya va Finlandiyaning NATOga qabul qilinishiga qarshi chiqdi. Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘anning ta’kidlashicha, bu mamlakatlar Anqara terrorchi deb e’lon qilgan tashkilotlar a’zolariga boshpana bergan hamda Turkiyaga qarshi sanksiyalar kiritgan.
Avvalroq Turkiya hukumati Shvetsiya va Finlandiya NATOga a’zo bo‘lishiga qarshilik ko‘rsatmaslik uchun o‘z talablari aks etgan ro‘yxatni tuzgani haqida xabar qilingandi.
Bloomberg agentligining xabar berishicha, Turkiyaning talablari qatorida Shvetsiya va Finlandiya Kurdiston ishchilar partiyasi va u bilan aloqador tuzilmalarni terrorchilik tashkilotlari sifatida tan olishi kerakligi ko‘rsatilgan.
Shuningdek, agentlik suhbatdoshlari ma’lumotiga ko‘ra, Turkiya F-16 qiruvchi samolyotlarining yangi partiyasini olishni hamda o‘z armiyasi ixtiyoridagi shu kabi samolyotlar modernizatsiya qilib berilishini istamoqda.
Bundan tashqari, Turkiya hukumati mamlakat yana F-35 qiruvchi samolyotlarini yetkazib berish dasturiga qaytarilishini kutmoqda, mamlakat 2019 yilda Rossiyadan S-400 zenit-raketa tizimlarini olganidan keyin bu dasturdan chiqarilgandi. Anqaradagilar bu kelishuv tufayli qo‘llangan boshqa cheklov choralari ham bekor qilinishiga erishmoqchi.
Mavzuga oid
14:29 / 13.11.2024
Finlandiya Timchenko va Rotenbergning hokkey arenasini musodara qiladi
18:36 / 08.11.2024
Finlandiya aeroportlari GPS tizimidagi uzilishlar tufayli 1960 yillardagi navigatsiyadan foydalanishga o‘tdi
22:40 / 05.11.2024
Mudofaa «yashil energetika»ga qarshi: Shvetsiya 13 ta shamol generatori qurilishiga ruxsat bermadi
21:59 / 02.11.2024