Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
UzAuto mashinalarining bir qismi magnitola bilan chiqmoqda. Xaridorlar qo‘shimcha to‘lov qilishadi
Ijtimoiy tarmoqlarda UzAuto Motors avtomobillari, xususan Cobalt, Nexia-3 kabi modellar yana avtomagnitola bilan chiqarilayotgani haqida gap-so‘zlar paydo bo‘ldi. Kun.uz muxbiri bunga aniqlik kiritish uchun kompaniya va avtosalonlardan biri bilan bog‘landi.
Toshkentdagi dilerlardan birining operatoriga ko‘ra, ayrim avtomobillar avtomagnitola bilan, ayrimlari esa magnitolasiz kelayotgan ekan.
Cobalt xaridorlari o‘z mashinasini salondan olib ketayotganida, agar magnitola bilan kelgan bo‘lsa, shartnomada ko‘rsatilgan narxdan tashqari qo‘shimcha 1 mln 189 ming so‘m to‘lashi kerak ekan.
Nexia-3 holatida esa bu summa 1 mln 173 ming so‘mni tashkil qilmoqda.
UzAuto Motors'ning ismi sir saqlanishini istagan mas’uli haqiqatan ham avtomobillar avtomagnitola bilan ishlab chiqarilayotgani, bu uzluksiz bo‘lishidan umid qilishini bildirdi. Uning aytishicha, ma’lum summa evaziga avtomagnitola o‘rnatib beriladi yoki avtomagnitolali avto nasib qilsa, qo‘shimcha to‘lov qilinadi.
Kompaniya ayni paytgacha mikrochiplar muammosida o‘zgarish borligi bo‘yicha rasman sukut saqlamoqda: magnitola masalasida rasmiy yangilik tarqatilgani yo‘q.
Natijada, xaridorlar va potensial xaridorlar bu haqda og‘izdan og‘izga ko‘chib yuradigan gaplar orqali xabar topyapti va aniqlashtirish uchun avtosalonlarga qo‘ng‘iroq qilishiga to‘g‘ri kelmoqda.
Mavzuga oid
17:38 / 09.06.2026
Bir yilda bitta mashinaga sertifikat cheklovi bekor qilindi: bu nimani anglatadi?
21:37 / 05.06.2026
Shaxsiy ehtiyoj uchun avtomobil olib kirishda “bir yilda bitta” degan cheklov olib tashlandi
17:27 / 30.05.2026
Sergeli avtomobil bozorida noqonuniy olibsotarlarga qarshi reyd: 30 kishiga chora ko‘rildi
18:55 / 15.05.2026