Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Eng keng tarqalgan elektr jihozlar qancha energiya sarflaydi?
Energetika vazirligi ko‘plab xonadonlarda mavjud 11 ta elektr jihozining bir oylik energiya sarfi bo‘yicha ma’lumot berdi.
Manba: Energetika vazirligi matbuot xizmati
Unga ko‘ra, xonadonda bittadan televizor, muzlatkich, dazmol, elektr choynak, mikroto‘lqinli pech (yoki elektr “duxovka”), kir yuvish mashinasi, suv isitish boyleri (“ariston”), changyutgich, kompyuter va 7 ta lampochka bo‘lsa, mazkur 11 turdagi elektr pribor bir oyda 180 kVt soat energiya sarflaydi.
Hozirgi narxda (295 so‘m) bu 53 100 so‘mni tashkil etadi. 1 iyuldan oyiga 250 kVt soatgacha bazaviy norma doirasida taklif etilayotgan (325 so‘m) narxda esa 58 500 so‘mga aylanadi, farq – 5400 so‘m.
Eslatib o‘tamiz, muhokamaga qo‘yilgan hukumat qarori loyihasida 1 iyuldan elektr tariflarini xonadonlar uchun quyidagicha oshirish ko‘zda tutilgan:
1 kVt soat elektr energiyasi uchun taklif etilayotgan yangi narxlar (aholi uchun):
- ijtimoiy norma doirasida: oyiga 250 kVt soatgacha – 325 so‘m;
- 251-kVt soatdan boshlab har 1 kVt soat uchun – 650 so‘m.
Mavzuga oid
22:59 / 20.12.2025
Qish energotizimni sinamoqda. Bugun qayerlarda svet o‘chdi?
20:41 / 15.12.2025
Tojikiston O‘zbekistondan elektr energiya olishni boshladi
14:45 / 05.12.2025
Samarqand elektr tarmoqlari Turkiya kompaniyasiga operatsion boshqaruvga beriladi
21:10 / 29.11.2025