O‘zbekiston | 09:38 / 03.06.2022
19803
4 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekiston va Yaponiya tarixida ilk bor

Yaponiya mamlakatiga qonuniy ishlash uchun borish endi orzu emas!

Foto: REIWA XUSUSIY BANDLIK AGENTLIGI

Joriy yilning 30 mart kuni REIWA XUSUSIY BANDLIK AGENTLIGI’ning tinimsiz sa’y-harakatlari sabab, ikki mamlakat tarixida ilk bor bir vaqtning o‘zida Yaponiya davlatiga uyushgan holda ishchi vizalar orqali ishlash uchun ketayotgan 26 nafar agentlik mijozlariga vizalar va aviachiptalarni topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi. 

Taqdirlash marosimida REIWA XBA’ning 26 nafar mijozining yaqinlari, ota-onalari va oila a’zolari, shu bilan birga agentlikning Yaponiyadagi hamkor ish beruvchi kompaniyalari va 3 yildan buyon mana shu kompaniyalarda qonuniy ishlayotgan agentlikning bir necha nafar mijozlari ham onlayn tarzda ZOOM platformasi orqali ishtirok etishdi.

Agentlik direktori Bekzodbek Hamraqulovning aytishicha, mamlakatimizda faqatgina REIWA XBA agentligi Yaponiya mamlakatiga yuborilayotgan fuqarolarimizni u yerda erkin va xavfsiz ishlashlari, qolaversa ularni ish davomida qonuniy haq-huquqlari himoyasini ta’minlash maqsadida mamlakatning o‘zida ish beruvchi kompaniyadan tashqari yana bir neytral kompaniya bilan ham hamkorlik olib boradi. Bu neytral kompaniya ish beruvchi va mijozlar o‘rtasidagi mehnat shartnomasi buzilgan holatlarda, ish beruvchi yoki agentlikning mijozlari tomonidan kamchiliklarga yo‘l qo‘yilgan taqdirda ularni ogohlantirish, agar lozim bo‘lsa qonuniy chora ko‘rish huquqiga ega.

“Yaponiyaga ishga ketayotgan yurtdoshlarimizni to aeroportga qadar yetkazishni biz zimmamizga olsak, ularni u yerda kutib olish, ish va turar joy bilan ta’minlash, yashash joyida ro‘yxatdan o‘tkazishni bizning hamkorlarimiz ta’minlashadi.

Agentligimiz tomonidan Yaponiyaga ishga jo‘natilayotgan har bir mijozlarimizning keyingi holatiga befarq bo‘lmaymiz. Doimiy ravishda ular biz bilan bog‘lanib, ma’lumot berishlari yoki bizdan yordam olishlari mumkin. Shu vaqtga qadar biz orqali ketib, Yaponiyada qonuniy ishlayotgan vatandoshlarimiz bilan doim aloqadamiz.

Yaponiyada ishlash niyatida bizga murojaat qilgan fuqarolar birinchi navbatda oylik masalasi bilan qiziqishadi. Ular uchun boshlang‘ich maosh 1500 AQSh dollar atrofida. Bu ko‘rsatkich ish faoliyatiga qarab ko‘tarilib boradi”, — deydi u.

REIWA XUSUSIY BANDLIK AGENTLIGI MChJ 2019 yilda o‘z faoliyatini litsenziya asosida qonuniy boshlagan va bugungi kunga qadar o‘zining sifatli va ishonchli xizmatlarini mijozlarga ko‘rsatib kelmoqda. 

2019 yilning sentabr oyida bu agentlik tomonidan Xususiy Bandlik Agentliklari orasida birinchi bo‘lib 5 nafar o‘zbekistonlik Ot sporti sohasida ot o‘rgatuvchi lavozimiga ishga joylashtirilgan edi. 2020 yilga kelib pandemiya sharoiti bo‘lishiga qaramay Yaponiyadan yuborilgan ishchi vizasi bilan yana 28 nafar mutaxassis jo‘nab ketdi. 3 yillik faoliyati davomida agentlik tomonidan ishlash uchun xorijga ketgan fuqarolar ayni vaqtda agentlik bilan hamkorlikdan mamnun ekanini bildirishgan.

REIWA — yillar davomida sinalgan ishonch!

Lisenziya: #0022-sonli

Bosh ofis: Andijon shahar, Boburshoh 11

Toshkent filial: Toshkent shahar, Mirobod Tumani

Oybek-38A, Avalon biznes markazi

Koll-markaz telefoni: +998 95 204 09 80

Telegram: REIWA

Facebook: @reiwa.xba

Instagram: @reiwa.xba

Reklama huquqi asosida