Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Samarqandda piyodalar yo‘lakchasida Nexia-3 urib yuborgan 4 yoshli qiz vafot etdi
Qoidabuzar haydovchi jabrlanuvchi va uning opasini shifoxonaga olib borgandan so‘ng qochib ketgan.
Samarqand viloyati IIB YHXB axborot xizmatining xabar berishicha, 2022 yil 31 may kuni M-37 Samarqand-Buxoro avtomobil yo‘lining Oqdaryo tumani Kumushkent mahallasi hududdan o‘tgan qismida odam o‘limi bilan bog‘liq yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘lgan.
15 yoshli qiz singlisi bilan piyodalar yo‘lakchasidan o‘tayotganida Nexia-3 mashinasi qoidalarga zid ravishda katta tezlikda harakatlanib kelib, 4 yoshli qizchani urib yuborgan. Oqibatda qizcha og‘ir tan jarohatlari olib shifoxonada vafot etgan.
Qoidabuzar haydovchi jabrlanuvchi va uning opasini shifoxonaga olib borib, so‘ng qochib ketgan. Viloyat IIB xodimlarining tezkor qidiruv harakatlari natijasida haydovchining kimligi aniqlanib, u ushlangan.
Dastlabki surishtiruvda aniqlanishicha, qizlar piyodalar yo‘lakchasidan o‘tayotganini ko‘rgan haydovchi mashinani sekinlatmasdan yo‘lning ikkinchi bo‘lagidan o‘tib ketishga uringan. Shu payt 4 yoshli qizcha yugurib o‘tib ketmoqchi bo‘lganda Nexia-3 uni urib yuborgan.
Qayd etilishicha, holat yuzasidan Oqdaryo tumani IIB tergov bo‘limi tomonidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.
Mavzuga oid
21:03 / 06.06.2026
Toshkentda avtobus orqaga yurayotgan payti piyodani bosib ketdi
17:45 / 05.06.2026
“AQShga murojaatingizdan xursandmiz” - Sherdor restavratsiyasiga 500 ming dollar ajratildi
17:36 / 05.06.2026
Saida Mirziyoyeva UNEP va GEF rahbariyati bilan uchrashdi
18:49 / 04.06.2026