Bugungi kunda köplab ayollar tönğiç farzandi tuğilişini keçiktirişmoqda. Ammo yil sayin tuxum hujayralar soni kamayişi va tabiiyki, homilador böliş ehtimoli pasayişi ilmiy isbotlangan dalil ekanini unutmaslik kerak. "Anadolu" tibbiyot markazining EKU bölimi boşliği, reproduktiv tibbiyot böyiça malakali mutaxassis doktor Tayfun Kutlu tuğruqqa layoqatlilikni saqlab qoliş va yaqin kelajakda homilador bölişni rejalaştirmagan 30 yoşdan oşgan ayollar uçun kerakli tavsiyalarni sözlab berdi.

Qiz bola tuğilganida örta hisobda neçta tuxum hujayraga ega böladi?

Qiz bola tuğilganida taxminan 1,5-2 million tuxum hujayraga ega böladi. Baloğat yoşiga kelib, ularning soni 300-400 mingga kamayadi. Hayz boşlanişi bilan ayollar har oyda mingga yaqin tuxum hujayrani boy bera boşlaydi. Ularning zaxirasi tugagaç, menopauza davri boşlanadi.

Qanday omillar tuxum hujayraning kamayişiga olib kelişi mumkin?

Tuxumdonlar zaxirasi kamayişiga olib keladigan köplab omillar mavjud: çekiş va stress, yoş omili, tuxumdonlar operatsiyasi yoki saratonni davolaşdagi kimyoterapiya, radioterapiya singari ayrim muolaja usullari.

Tuxum hujayralar zaxirasi qaçondan boşlab tez tugay boşlaydi?

Ilgari 40 yoşdan keyin deb aytilar edi. Vaqt ötişi bilan bu çegara 37 yoşgaça kamaydi. Bugun biz 35 yoşdan keyin ham ayollardagi tuxum hujayralar zaxirasi tezlik bilan kamayib borayotgani va eng yomoni, ularning sifati yomonlaşayotganini körmoqdamiz. Ön yil avvalgi holat bilan soliştirganda, biz tuxum hujayralar yetişmovçiligi va erta menopauza taşxisi bilan kelgan yoş xotin-qizlarni tez-tez uçrata boşladik - ularning foizi ösa boşladi.

Kimlar xavf guruhiga kiradi?

Avvalo, bular noqulay oilaviy muhitdagi ayollar: oilada yaqin qarindoş (ona, xola, opa-singil)lar orasida erta menopauza holatlari aniqlanganlar. Bu ovarial zaxiralarning tez kamayib ketişiga genetik moyillikdan dalolatdir.

Şuningdek, kimyoterapiya yoki radioterapiya talab etiladigan saraton xastaligiga çalingan bemorlar ham xavf ostida böladi. Bunday holatda davolanişni boşlaşdan avval tuxum hujayralar hajmini baholaş va agar zarurat bölsa, keyinçalik, ya’ni, homiladorlik rejalaştirilgan mahal ularni işlatiş uçun kriokonservatsiyalaş (muzlatiş)ni tavsiya qilamiz. Uşbu muammo tuxumdon kasalliklariga çalingan ayollarga ham taalluqli bölişi mumkin. Kista tufayli operatsiya qilinadigan bemorlar şular jumlasidandir.