5 may kuni Anadolu tibbiyot markazining Toşkentdagi vakolatxonasi negizida Özbekiston Respublikasida birinçilardan bölib Raqamli Gistologiya laboratoriyasining oçilişi bölib ötdi. Oçiliş marosimi munosabati bilan taşkil etilgan matbuot anjumanida OAV vakillari, turkiyalik mutaxassislar va markaz xodimlari iştirok etişdi.

Yangi laboratoriyada bemorlar onkologik tahlil topşiriş va uning natijalarini tezda oliş imkoniyatiga ega bölişadi. Buning uçun xorijga çiqiş va köp vaqt sarflaşning hojati yöq. Olingan tahlillar skaner orqali xalqaro darajadagi Turkiya-Amerika Anadolu tibbiyot klinikasiga yuboriladi va yuqori malakali professorlar ular bilan tanişib gistologik xulosa berişadi.

AQŞdagi taniqli Johns Hopkins Medicine tibbiyot markazi bilan hamkorlikda faoliyat yuritadigan Anadolu klinikasi özbekistonlik bemorlar uçun uşbu imkoniyatni taqdim etmoqda.

“Ta’kidlaş joizki, xalqaro sertifikatga ega Anadolu tibbiyot markazining laboratoriyasida raqamli gistologiyani qayta körib çiqiş böyiça uşbu keng kölamli loyiha Özbekistonda va butun Markaziy Osiyoda birinçilardan bölib amalga oşirilmoqda. Işonçimiz komilki, bu köplab bemorlarga onkologiyaga qarşi muvaffaqiyatli kuraşiş uçun töğri taşxis qöyiş va töğri davolanişga yordam beradi, - deydi Anadolu xalqaro boşqarmasi boşliği Asli Akyavaş Pamuk.

“Anadolu” agentligining Toşkentdagi rasmiy vakili, onkolog Akbarxon Mavlonxöjayevning aytişiça, gistologik tekşiruv onkologiyani davolaşda juda muhim bosqiç hisoblanadi. Agar bemorda şubhali ösimta gumon qilinsa, biopsiya qiliş kerak va olingan namunadan saraton yoki ösimta ekanligini aniqlaş zarur böladi. Undan taşqari saraton hujayralarining xususiyatlari örganib çiqilişi kerak.

 “Buning uçun biopsiya olinib, undan söng ösimta namunalari gistologik laboratoriyaga yuboriladi. Uning mutaxassislari materialni örganib, kasallik haqida xulosa çiqaradilar. Tahlil asosida yakuniy taşxis qöyiladi va şunga mos ravişda davolaniş belgilanadi. Gistologik tekşiruvdagi xatolar bemor uçun halokatli bölişi mumkin.

Özbekistonlik bemorlar taşxis qöyiş yoki qayta tekşiriş uçun klinikamizga tez-tez gistologik maslahat oliş uçun murojaat qilişadi, çunki ular Johns Hopkins Medicine Tibbiyot Markazi tomonidan sertifikatlangan gistologlarimizga işonadilar. Şu kunga qadar bu bemorlar tahlil va taşxis uçun Istanbuldagi klinikamizga borişlari yoki Turkiyaga materiallar jönatişlari kerak edi, bu esa katta mablağ va vaqtni talab qildi. Endi ular xorijga çiqmasdan, Toşkentdagi laboratoriyamizda bor-yöği 2-3 kun içida maslahat oliş imkoniyatiga ega”, - dedi “Anadolu” tibbiyot markazining Toşkentdagi vakili.