Ayni vaqtda dunyo tibbiyoti saratonni davolaşda ança ilgarilab ketgan. Dunyoning yetakçi klinikalari saratonni davolaşning zamonaviy usullarini öz amaliyotida muvaffaqiyatli tarzda qöllayapti. Onkologik kasalliklarni davolaş böyiça yetakçi tibbiyot muassasalaridan biri bölgan “Anadolu” klinikasi vakolatxonasining Toşkentda ham oçilişi tufayli maqsadli va immunoterapiyaning zamonaviy texnologiyalari Özbekiston aholisi uçun yanada qulay böldi.

Aniq maqsadlar

Saraton xastaligi ölim körsatkiçlari böyiça yurak-qon tomir kasalliklaridan keyingi örinda turadi. Turkiyaning “Anadolu” klinikasi onkologi Sinan Karaaslan ekologiyaning yomonlaşuvi oqibatida onkologik kasalliklar soni oşayotgani, ammo zamonaviy tibbiyotda buni aniqlaş osonlaşganini aytdi.

“Saraton individual yondaşuv asosida davolanadi. Ösimtaning kelib çiqişi va xususiyatlariga qarab har bir bemorga alohida davolaş usuli tavsiya etiladi. Uning genetik mutatsiyalariga qarab, saraton hujayralariga maqsadli ta’sir körsatadigan dorilar tanlanadi”, - dedi Karaaslan.

Zamonaviy tibbiyotda davolaşning bu usuli maqsadli terapiya deyiladi. Bu usul soğlom a’zolar va töqimalarga zarar yetkazmasdan saraton hujayralarining ayrim turlarini aniq nişonga olişda “aqlli” dorilarni qöllaydi.

Maqsadli terapiya va kimyoterapiyaning farqi nimada?

An’anaviy kimyoterapiyadan farqli ravişda maqsadli davolaşda insonning soğlom hujayralari zararlanmaydi. Şuning uçun ham ulardan foydalaniş jiddiy nojöya ta’sirlarsiz ösmani nazorat qilişga imkon yaratadi. Kimyoterapiya muolajalari öz navbatida barça tez bölinuvçi hujayralarga ta’sir qiladi. Bu jarayonda zararli hujayralar bilan birga soğlom hujayralar ham zararlanişi ehtimoldan xoli emas.

“Bizning arsenalimizda qöllanadigan dori vositalari kimyoterapiyadan farqli ravişda sezilarli darajada boşqa organlarga kamroq ta’sir qiladi”, - deydi Karaaslan. Uning qayd etişiça, bunday “aqlli” dorilardan foydalaniş şifokorlarga davolaşda yaxşi natijalarga erişişini, bemorlarning soğayiş va uzoq yaşaş imkoniyatlarini köpaytiradi.