AQSh Ukrainaga "Harpun" raketalarini yetkazib bermoqchi - Bloomberg
Avvalroq Pentagon rahbari Lloyd Ostin Ukrainaga yetkaziladigan qurol miqdorini kamaytirmaslikka chaqirgandi.
AQSh Ukrainaga umumiy qiymati 650 million dollardan ortiq qurol-yarog‘lar yetkazib berishni rejalashtirmoqda. Bu haqda Bloomberg agentligi o‘z manbalariga tayanib xabar berdi.
Agentlikning yozishicha, Ukrainaga avtomobillarga o‘rnatilgan "Harpun" kemalarga qarshi raketalari yetkazib berilishi kutilmoqda.
Kiyevga navbatdagi harbiy yordam ajratilishi to‘g‘risida hozircha rasman e’lon qilinmadi.
Bir kun avval Pentagon rahbari Lloyd Ostin Ukrainaga yetkaziladigan qurol miqdorini kamaytirmaslikka chaqirgandi.
May oyida AQSh prezidenti Jo Bayden Ukrainaga lend-liz berish to‘g‘risidagi qonunni imzolagandi. Ushbu hujjat Kiyevga harbiy yordam berishni osonlashtiradi.
Mavzuga oid
23:20 / 13.11.2024
Polshada AQShning raketaga qarshi mudofaa bazasi ochildi
22:44 / 13.11.2024
Tramp ma’muriyatida Ukraina bo‘yicha maxsus vakil bo‘ladi - OAV
22:14 / 13.11.2024
Tramp lavozim taqsimlamoqda: Pentagon jurnalistga, Maskka yangi departament
21:24 / 13.11.2024