Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Samarqandda tibbiyot xodimlari o‘rtasida ommaviy janjal yuz berdi
Tibbiyot xodimlari o‘rtasidagi ommaviy janjal Past Darg‘om tumani tibbiyot birlashmasiga qarashli tug‘uruq bo‘limi binosida sodir bo‘lgan.
Ijtimoiy tarmoqlarda Samarqand viloyati Past Darg‘om tumani tibbiyot birlashmasiga qarashli tug‘uruqxona bo‘limi xodimlari o‘rtasida sodir bo‘lgan ommaviy janjal tasvirlangan video tarqaldi. Viloyat IIB axborot xizmati hodisa yuzasidan ma’lumot berdi.
Ma’lum qilinishicha, hodisa 2022 yil 4 iyun kuni sodir bo‘lgan. Past Darg‘om tuman tibbiyot birlashmasining tug‘uruqxona bo‘limi xodimlari o‘zaro kelishmovchilik oqibatida bir-birlarini haqorat qilib, urishgan.
Qayd etilishicha, holat yuzasidan tuman IIB tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.
«Hodisaning barcha aybdorlariga nisbatan qonunda belgilangan tartibda qat’iy choralar ko‘rilishi ta’minlanadi», deyiladi viloyat IIB axborot xizmatining ma’lumotida.
Mavzuga oid
21:38 / 02.03.2026
Samarqandda hokim delegatsiya tarkibiga oila a’zolarini qo‘shgani ma’lum bo‘ldi
15:41 / 23.02.2026
Samarqandda uka o‘z akasini ov qurolida otib o‘ldirib qo‘ydi
16:26 / 18.02.2026
Samarqand viloyati maktab ta’limi boshqarmasi boshlig‘i «Alvon yelkanlar» mojarosi ortidan ishdan ketdi
16:47 / 11.02.2026